7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlarida halok boʻlganlar soni 22 600 kishiga etdi

Isroilning ishgʻol ostidagi Gʻazo sektoriga uyushtirgan ommaviy hujumlari natijasida 7 oktyabrdan beri halok boʻlgan falastinliklar soni 22 600 nafarga etdi.

Gʻazo sektori Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, birgina soʻnggi 24 soat ichida 162 falastinlik Isroil armiyasining hujumlari qurboni boʻlgan, yana 296 nafari yaralangan.

Departamentning taʻʻkidlashicha, soʻnggi 24 soat ichida Isroil harbiylari Gʻazodagi oilalarga qarshi 15 ta “ommaviy xunrezlik” sodir etgan.

Oxirgi 91 kun ichida Isroil hujumlari oqibatida yaralangan falastinliklar soni 57 910 nafarga etdi.

Shu bilan birga, Isroilda qurbonlar soni 1200 ga yaqinni tashkil etmoqda.

Mavzuga aloqador