26.05.2025 15:53
148
isroil*ning Gʻazodagi qatliomi: yonganlarning aksari – bolalar
Internetda tarqalgan videolarda aksari bolalardan iborat yonib ketgan jasadlar va alanga ichidagi muhitda yordam soʻrayotgan odamlar koʻrinadi.
Dushanba kuni tongda isroilning ikki havo hujumi oqibatida Gʻazo shahri va shimoliy Gʻazodagi Jabaliyada joylashgan boshpana va uylar nishonga olindi. Unda kamida 49 falastinlik halok boʻldi.
Anadolu agentligiga shifokor manbalar maъlum qilishicha, Fahmiy al-Jirjaviy maktabiga qilingan havo hujumi natijasida halok boʻlganlar soni 30 nafarga etgan. Bu maktab Gʻazo shahrining al-Daraj tumanida joylashgan, koʻchirilgan aholiga boshpana sifatida xizmat qilayotgan edi.
Al-Aqsa telekanali va boshqa mahalliy manbalarning xabar berishicha, portlashdan keyin chodirlarni oʻt olgan.
Guvohlar tomonidan yozib olingan va internetda tarqalgan videolarda koʻplab bolalarning yonib ketgan jasadlari va yonib turgan muhitda yordam soʻrayotgan odamlar aks etgan.
“Yongan jasadlar va yongʻin ichida qolgan koʻchirilgan fuqarolarning dod-voyi voqea joyida koʻrildi va eshitildi”, deyiladi xabarlardan birida.
isroil armiyasi bu hujumni tasdiqlagan va oʻz bayonotida HAMAS ushbu boshpanani "qoʻmondonlik va nazorat markazi"ga aylantirganini daъvo qilgan. Biroq bu daъvoni asoslash uchun hech qanday dalil taqdim etmagan.
Shu bilan birga, Gʻazoning shimolidagi Jabaliya shaharchasida joylashgan uyga qilingan yana bir havo hujumi natijasida yana 19 kishi halok boʻlgani va boshqalar jarohat olgani haqida tibbiy manba xabar bergan.