17.01.2024 10:24

Isroilning Gʻazodagi jinoyatlarini hujjatlashtirib boruvchi maxsus sayt ochildi

Isroilning Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohildagi jinoyatlarini hujjatlashtirib boruvchi maxsus sayt ishga tushirildi. Unda sionistlar genotsidini isbotlovchi foto va videodalillar, Isroil hukumatining manfur bayonotlari hamda ekspertlarning baholari berib borilmoqda.

Isroilning Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohildagi jinoyatlarini hujjatlashtirib boruvchi maxsus sayt - israel-massacres.com ishga tushirildi.

Ushbu saytda genotsid holatlari, tinch aholining ommaviy qirgʻin qilinishi sahnalari hamda falastin xalqining qatʻʻiy irodasi aks etgan foto va videodalillar berib borilmoqda.

Shuningdek, Isroil hukumati rahbar va aʻʻzolarining manfur bayonotlari, xalqaro tashkilotlar, xalqaro huquq boʻyicha ekspertlarning baholari ham yoritib borilmoqda.

Veb-sayt faqat grafik kontentni, yaʻʻni foto va videomateriallarni oʻz ichiga olgani bois, koʻngli boʻsh, ruhiy salomatligida muammolari boʻlganlar uchun tavsiya etilmaydi.

Mavzuga aloqador