07.03.2024 02:44

Isroilga Lotin Amerikasi aerokosmik koʻrgazmasida ishtirok etish taqiqlandi

Isroil kompaniyalari aprelʻ oyida Chilida boʻlib oʻtadigan FIDAE-2024 harbiy va aerokosmik texnika xalqaro koʻrgazmasida ishtirok eta olmaydi. Avvalroq Chili prezidenti Gabriel Borik Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlarini tanqid qilgan edi. Noyabrʻ oyida esa rasmiy Santʻyago Tel-Avivdan elchisini chaqirib olgandi.

Isroil kompaniyalari aprelʻ oyida Chilida boʻlib oʻtadigan FIDAE-2024 harbiy va aerokosmik texnika xalqaro koʻrgazmasida ishtirok eta olmaydi. Bunday qaror Chili hukumati tomonidan qabul qilindi, deyiladi mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

9 apreldan 14 aprelgacha boʻlib oʻtadigan FIDAE-2024 koʻrgazmasi Lotin Amerikasidagi eng yirik harbiy va aerokosmik koʻrgazma boʻlib, unda 40 dan ortiq mamlakat kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Avvalroq Chili prezidenti Gabriel Borik Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlarini tanqid qilgan edi. Noyabrʻ oyida esa Chili Isroildan elchisini chaqirib oldi.

FIDAE koʻrgazmasi har 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Koʻrgazma birinchi marta 1980 yilda tashkil etilgan va Chili harbiy-havo kuchlarining mashhurligini oshirish maqsadida rang-barang aviashou sifatida oʻylab topilgan, hozir esa FIDAE Lotin Amerikasidagi eng muhim aerokosmik koʻrgazma hisoblanadi.

Dunyoning etakchi kompaniyalari global aviatsiya sanoati bilan bogʻliq oʻz texnologiyalari va xizmatlarini taklif qilishadi. Ishtirokchilarning faoliyat yoʻnalishlari harbiy aviatsiya (43%), fuqaro aviatsiyasi, kosmik texnologiyalar (44%), aerodromlar va havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish uchun uskunalar (13%) tashkil etadi.

Mavzuga aloqador