05.03.2024 09:47

Ispaniya Gʻarbiy Sohildagi “tajovuzkor isroillik koʻchmanchilar” guruhiga qarshi sanktsiyalar kiritdi

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakati Gʻarbiy Sohildagi “12 tajovuzkor isroillik koʻchmanchilardan iborat birinchi guruh”ga qarshi sanktsiya jarayonini boshlaganini maʻʻlum qildi. “Sukut va harakatsizlik har doim jabrdiydalarning zarariga ishlaydi”, dedi musulmon davlatlarda yoʻq jurʻʻat va irodani namoyon etayotgan Ispaniya vakili.

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakati Gʻarbiy Sohildagi “12 tajovuzkor isroillik koʻchmanchilardan iborat birinchi guruh”ga qarshi sanktsiya jarayonini boshlaganini maʻʻlum qildi.

Evropa Ittifoqi (EI) Qoʻshma Parlament qoʻmitasida soʻzlagan Ispaniya tashqi ishlar vaziri ikki hafta muqaddam “Ispaniya Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zoʻravonlik qilayotgan yahudiylarni toʻxtatish va jazolash uchun bir tomonlama tartibda harakat qilishi mumkin” degan vaʻʻdasini bajarganini maʻʻlum qildi.

“Sukut va harakatsizlik har doim jabrdiydalarning zarariga ishlaydi”, dedi Albares. U fevralʻ oyi oxirida boʻlib oʻtgan EI sammitida Vengriya tomonidan toʻsiqlar tufayli mushtarak qaror qabul qila olmaganidan soʻng Ispaniya hukumati Gʻarbiy Sohildagi "12 zoʻravon isroillik koʻchmanchilarning birinchi guruhi" ga qarshi sanktsiyalarni boshlashga qaror qilganini taʻʻkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, Ispaniya Evroittifoqdan BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligini (YuNRVA) moliyalashni davom ettirishni, Isroilga qarshi genotsid ishida Xalqaro sudni qoʻllab-quvvatlashni hamda EI va Isroil oʻrtasidagi uyushmalar toʻgʻrisidagi bitimni inson huquqlari va BMTning xalqaro gumanitar huquqiga etilishi nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqishini bildirdi.

Ikki davlat gʻoyasini yana bir bor tasdiqlagan Ispaniya vaziri “yagona Falastin milliy maʻʻmuriyati qoshida, koridor bilan bogʻlangan, porti, dengizga chiqishi va poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan Falastin davlatini yaratish” tarafdori ekanini bildirdi.

Mavzuga aloqador