08.08.2025 11:05
118
isroil xavfsizlik kabineti "Gʻazoni toʻliq bosib olish" rejasini maъqulladi
isroil harbiy-siyosiy kabineti bosh vazir Binьyamin Netanьyaxuning Gʻazo shahrini egallash rejasini maъqulladi, deb xabar bermoqda The Times of Israel nashri.
Taъkidlanishicha, yigʻilishdan oldin Netanьyaxu isroil HAMASni magʻlub etish uchun butun Gʻazo sektorini nazorat ostiga olmoqchi ekanini bildirgan. Unga koʻra, isroil hududni "HAMAS boʻlmagan, isroilni yoʻq qilishni maqsad qilmagan fuqarolik boshqaruvi"ga topshirishdan oldin Gʻazodan "HAMASni yoʻqotishni" maqsad qilgan.
Xavfsizlik kabineti qarori "urushni tugatishning besh tamoyilini" oʻz ichiga oladi, deb yozdi BBC.
Bular:
1. HAMASni qurolsizlantirish;
2. Barcha garovdagilarni ozod qilish;
3. Gʻazoni toʻliq qurolsizlantirish;
4. Bosqinchi isroilning Gʻazo ustidan toʻliq nazoratini oʻrnatish;
5. Gʻazoda HAMAS yoki Mahmud Abbos boshqaruvi bilan bogʻliq boʻlmagan alьternativ fuqarolik maъmuriyatini tashkil etish.