14.02.2025 06:38
305
Isroil: Turkiya Suriyadagi eng muhim oʻyinchiga aylanmoqda
Isroil tahlil markazi: Turkiya Suriyadagi eng muhim oʻyinchiga aylanmoqda
Isroilning Moche Dayan strategik tahlil markazi xulosasiga koʻra, Suriyada Bashar Asad rejimi agʻdarilgan taqdirda, mintaqa geosiyosiy jihatdan katta oʻzgarishlarga guvoh boʻlishi mumkin.
Tahlilchilar fikricha, Turkiya Suriyada Usmonlilar davriga xos siyosat yuritmoqda va mamlakatni qayta tiklash hamda Suriya armiyasini tayyorlashda etakchi oʻrinni egallashi mumkin. Shuningdek, Anqara Qatar tabiiy gazini Turkiya orqali Evropaga etkazish maqsadida Suriya hududidan oʻtuvchi quvur qurishni rejalashtirmoqda.
Turkiyaning Suriyadagi asosiy ustuvorliklaridan biri Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) va uning harbiy qanoti YPGni yoʻq qilish ekani taъkidlanmoqda. Agar Isroil YPGni rasman qoʻllab-quvvatlasa, Anqara va Tel-Aviv oʻrtasida keskinlik yuzaga kelishi mumkin.
Hozircha bu taxminlar rasmiy Anqara yoki Tel-Aviv tomonidan tasdiqlanmagan, biroq mintaqadagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib, bunday stsenariy amalga oshishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.