02.02.2024 09:55

Isroil qoʻshinlari Gʻazo sektori shimolidagi bir qancha hududlardan chekindi

Isroil harbiylari 2023 yil 27 oktyabrda ishgʻol ostidagi Gʻazoda quruqlikdagi amaliyotlar boshlanganidan beri sektor shimolidagi bir qancha hududlardan, shuningdek, Gʻazo shahri (eksklavning maʻʻmuriy markazi) shimoli-gʻarbiy qismidan chekindi.

27 oktyabrdan beri ilk bor Isroil harbiy texnikasi Al-Tavvom va Al-Karama mahallalari, shuningdek, Gʻazo sektori shimolidagi Al-Rashid xiyobonidan toʻliq olib chiqildi.

Bundan tashqari, Isroil qoʻshinlari Gʻazo shahri shimoli-gʻarbidagi jamoalardan, jumladan Emniyet, Al‑Maoussi, Bahlul va Ar‑Rashiddan ham chiqib ketdi.

Isroil armiyasi chekinganidan bir necha soat oʻtgach, mintaqa aholisi mojaro boshlanganidan beri eksklavda qoldirishga majbur boʻlgan uylari va mulklarini tekshirish uchun qaytdi.

Ulardan baʻʻzilari «Anadolu» nashriga 2023 yil 27 oktyabrda Isroilning quruqlikdagi amaliyotlari boshlanganidan buyon mintaqaga birinchi marta borish imkoni boʻlganini aytgan.

2023 yil 27 oktyabrda Isroil armiyasi Gʻazo shahriga, shuningdek, eksklav shimolidagi bir qator tuman va mahallalarga quruqlikdan hujum boshlagan edi.

2023 yil dekabrʻ oyidan boshlab harbiylar Gʻazo shahrining shimoliy hududlaridan texnikani bosqichma-bosqich olib chiqa boshladi. Joriy yilning yanvarʻ oyi boshida qoʻshinlar Gʻazo sektori shimolidagi bir qator tuman va mahallalardan texnikani olib chiqishni boshladi.

Taʻʻkidlash oʻrinliki, Isroil qoʻshinlari oʻz ortidan vayronlar qoldirgan. Uylar, infratuzilmalar, yoʻllar qariyb butunlay yoʻq qilingan. VVS maʻʻlumotlariga koʻra, Isroil hujumlari natijasida butun Gʻazo sektori boʻyicha 144 mingdan 175 mingtagacha bino vayron qilingan. Bu barcha inshootlarning 50‑61 foizi demakdir. 

Mavzuga aloqador