Isroil qisqa muddatli sulh tuzishni rad etdi
Isroil qamaldagi Gʻazo sektorida ikki kunlik oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi Misr taklifini qabul qilishdan bosh tortdi. Ushbu tashabbusni hukumatdagi koʻplab vazirlar qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa-da, bosh vazir Benyamin Netanyaxu qarshi chiqdi. U muzokaralar Gʻazoga hujumlar bilan birga davom etishini talab qilmoqda.
Isroil qamaldagi Gʻazo sektorida ikki kunlik oʻt ochishni
toʻxtatish haqidagi Misr taklifini qabul qilishdan bosh tortdi, Isroilning KAN davlat
televideniesi va Channel 12 ushbu
tashabbusni hukumatdagi
koʻplab vazirlar qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa-da, bosh vazir Benyamin Netanyaxu bunga
qarshi chiqqanini maʻʻlum qildi.
Manbalarga koʻra, Netanyaxu Gʻazoga hujumlar davom etsagina,
mahbuslarni almashish boʻyicha muzokaralar olib borilishini aytgan. Misr taklifi Isroil xavfsizlik
xizmatlari tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi.
Avvalroq Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Gʻazo sektorida
isroillik asirlarni baʻʻzi falastinlik mahbuslarga almashtirish uchun ikki kunlik
oʻt ochishni toʻxtatishni taklif qilgan edi.
Qohirada oʻtkazilgan matbuot anjumanida Jazoir prezidenti Abdulmadjid Tabbun bilan birga soʻzga
chiqqan al-Sisi doimiy oʻt ochishni toʻxtatish uchun muzokaralar vaqtinchalik sulhdan
keyin 10 kun ichida qayta boshlanishi kerakligini aytdi.
Anklavning shimoliy hududlarida qariyb uch haftadan buyon Isroil
armiyasining qattiq qamal va ommaviy hujumlari davom etmoqda.