24.01.2025 06:30
437

Isroil oʻldiga chiqargan HAMAS qoʻmondoni koʻrinish berdi



Isroil 2024 yil may oyida oʻldirilgan deb daʻʻvo qilgan HAMAS harbiy qoʻmondoni Husayn Fayyod tirik ekanligi maʻʻlum boʻldi. Falastinning Arab48 nashri xabar berishicha, u yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda paydo boʻlgan.

Videoda Fayyod Gʻazo shimolidagi dafn marosimida nutq soʻzlayotgani aks etgan. U vayronalar orasida turgan holda, Gʻazo qarshiligini maqtab, Isroil operatsiyasini maʻʻnosiz deb atagan.

Isroil armiyasi oʻzining avvalgi bayonotida Fayyodni may oyida Jabaliyadagi er osti tunnellariga uyushtirilgan maxsus operatsiya chogʻida oʻldirilgan deb eʻʻlon qilgan edi. Biroq, yangi maʻʻlumotlar razvedka xato qilinganini tasdiqladi.

Hareets nashriga koʻra, Isroil armiyasi Fayyodning oʻldirilgani haqidagi maʻʻlumot shunchaki taxmin qilinganini tan oldi.

HAMAS qoʻmondonlari haqidagi notoʻgʻri maʻʻlumotlar Isroil bayonotlariga shubha uygʻotmoqda, deb yozadi Times of Israel. 

"Middle East Eye" nashri Fayyod rahbarlik qilgan Bayt Xanun bataloni kutilganidan ancha kuchli boʻlib chiqqani va Isroilga jiddiy zarar etkazganini qayd etdi.

Bu voqeadan Isroilning HAMASga qarshi operatsiyalari samarasiz va razvedka maʻʻlumotlarining ishonchsizligi namoyon boʻlmoqda.

Mavzuga aloqador