20.03.2025 12:48
310
"Isroil" nega Gʻazodagi sulhni buzdi?
Maariv nashrining xabariga koʻra, Isroil Gʻazodagi harbiy amaliyotlarini davom ettirish qaror qilgan boʻlib, buning asosiy sababi HAMASga bosim oʻtkazib, Uitkoff rejasini qabul qilishga majburlash ekani taъkidlanmoqda.
Manbaga koʻra, agar HAMAS qarshilikni davom ettirsa, isroil yaqin kunlarda "keyingi bosqich"ga oʻtadi. Ushbu bosqichda harbiy harakatlar yanada shiddatli tus olib, yangi hujumlar endilikda quruqlikdan amalga oshiriladi.
Ekspertlarning fikricha, agar isroil armiyasi Gʻazoga kirsa, u erdan uzoq vaqt chiqmasligi ehtimoli katta.
Isroilning uzoq muddatli strategik maqsadi Gʻazo sektorini hozirgi shakldagi Falastin maъmuriyatiga emas, balki "moʻъtadil arab tomonlariga" topshirish ekani aytilmoqda.