7 oktyabrdan buyon Gʻazo va Gʻarbiy Sohilda 3714 oʻquvchi Isroil hujumlari qurboniga aylandi
7 oktyabrdan beri Gʻazo sektori va bosib olingan Gʻarbiy Sohilda isroillik harbiylar qoʻlidan 3714 nafar oʻquvchi halok boʻldi, 5429 nafari jarohatlangan. Bu haqda WAFA axborot agentligi Falastin milliy taʻʻlim vazirligiga tayanib xabar berdi.
Bundan tashqari, bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 35 nafar oʻquvchi Isroil kuchlari
tomonidan oʻldirilgan. Yana 271 oʻquvchi
yaralangan, 82 nafari
hibsga olingan.
Shuningdek,
209 nafar oʻqituvchi va taʻʻlim
muassasalari xodimlari
Isroilning Gʻazo sektoridagi hujumlari qurboniga aylandi, yana 619 nafari yaralandi.
Gʻarbiy Sohilda ikki oʻqituvchi yaralangan, 65 dan ortiq kishi hibsga olingan.
Bundan tashqari, Isroilning Gʻazo sektoridagi hujumlari
natijasida 278 ta davlat maktabi va 65 ta BMT maktabi vayron boʻlgan. Ulardan 83
ta maktab jiddiy shikastlangan, yana 7 tasi buzilgan.
Isroilning bosib olingan Gʻarbiy Sohilga uyushtirgan reydlari
chogʻida esa 38 ta
maktab vayron qilingan.
Qayd etilishicha, Isroil hujumlari natijasida davlat taʻʻlim
muassasalarining 90 foizi bevosita zarar koʻrgan. Taʻʻlim muassasalarining yana 29
foizi vayron boʻlgani yoki jiddiy zarar koʻrganligi sababli yaroqsiz holga kelgan.
Bundan tashqari, Gʻazo sektoridagi 133 ta davlat maktabidan koʻchirilgan
falastinliklar uchun turar joy sifatida foydalanilmoqda.