Isroil Mudofaa vazirligi Hizbulloh bilan diplomatik muzokaralar oʻtkazishga tayyor
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivning Hizbulloh harakati bilan bogʻliq muammoni diplomatik yoʻllar bilan hal qilishga tayyorligini maʻʻlum qildi. Avvalroq uning oʻzi Gʻazoda sulh tuzilgan taqdirda ham Hizbulloh bilan urush davom etishini bildirgandi.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivning Hizbulloh harakati bilan bogʻliq
muammoni diplomatik yoʻllar bilan hal qilishga tayyorligini bildirdi. Anadolu agentligining Isroil mudofaa
vazirligi matbuot xizmati
xabariga tayanib xabar berishicha, vazir bu haqda Tel-Avivda AQSh
prezidentining katta maslahatchisi Amos Xokshteyn bilan uchrashuvda maʻʻlum qilgan.
Taʻʻkidlanishicha,
tomonlar Livan bilan chegaradagi xavfsizlik holati va koʻchirilgan
isroilliklarning oʻz uylariga qaytish yoʻllarini muhokama qilgan.
“Biz Livan janubidagi Hizbulloh bilan muammoni diplomatiya orqali
hal qilishga tayyormiz. Ammo boshqa stsenariyga ham
tayyormiz”, - degan
Gallant.
Vazir Isroilning Livan bilan chegaradagi xavfsizlik holatini
yaxshilash va u erdan kelayotgan hujum tahdidini bartaraf etish qatʻʻiyatini
taʻʻkidladi.
Avvalroq
Gallant Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishilgan taqdirda ham
Livandagi Hizbulloh harakati bilan toʻqnashuvlar davom etishini bildirgandi.
2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroil armiyasi va Hizbulloh
harakati oʻrtasidagi chegarada toʻqnashuvlar davom etmoqda.