Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant ishdan boʻshatildi
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu “urush davrida oralarida ishonch yoʻqolgani sababli” mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan boʻshatdi. Uning oʻrniga tashqi ishlar vaziri Isroil Kats tayinlandi. HAMAS ushbu qarorga munosabat bildirdi.
Isroil
bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan boʻshatdi. Netanʻyaxu
ushbu qarorga “urush davrida bosh vazir va mudofaa vaziri oʻrtasida toʻliq ishonch boʻlmagani”ni
sabab qilib keltirdi.
«Isroil
bosh vaziri sifatidagi oliy vazifam — mamlakat xavfsizligini taʻʻminlash va hal
qiluvchi gʻalabaga eltish. Urush davrida bosh vazir va mudofaa vaziri oʻrtasida toʻliq
ishonch har qachongidan ham zarur. Kampaniyaning dastlabki oylarida bizda shunday
ishonch bor edi va koʻp narsaga erishdik, afsuski, soʻnggi oylarda men va mudofaa
vaziri oʻrtasidagi bu ishonchga putur etdi», — deyiladi Netanʻyaxuning bayonotida.
Uning oʻrniga
tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Isroil Kats tayinlandi. Gideon
Saar yangi TIV rahbari boʻldi.
Yoav
Galantning ishdan boʻshatilishiga norozilik bildirgan yuzlab odamlar poytaxt
Tel-Aviv va Quddus koʻchalariga chiqdi. Ular Netanʻyaxuning isteʻʻfosini hamda HAMAS qoʻlidagi isroillik asirlarni ozod
qilishni talab qilmoqda.
HAMAS
rasmiy vakili Sami Abu Zuhriy ham ushbu qarorga oʻz munosabatini bildirdi. “HAMASni
yoʻq qilaman, deb maqtangan mudofaa vaziri Yoav Galantning oʻzi ishdan boʻshatildi
va biz ularga aytamiz: "Galant ketdi, lekin HAMAS qoldi va qoladi, inshaalloh”,
- dedi u.