Baydenning Netanyaxuga taʻʻsiri kamayganidan gʻazabda – Politico
Soʻnggi vaqtlarda Bayden Netanyaxuga taʻʻsiri kamayganidan gʻazablanmoqda, ular oʻrtasidagi telefon orqali muloqotlar esa tortishuvlarga aylanib ketmoqda, deb yozdi Politico nashri AQSh rasmiy shaxslariga tayangan holda.
Soʻnggi
vaqtlarda Bayden Netanyaxuga taʻʻsiri kamayganidan gʻazablanmoqda, ular oʻrtasidagi
telefon orqali muloqotlar esa tortishuvlarga aylanib ketmoqda. Bu haqda Politico
nashri AQSh rasmiy shaxslariga tayangan holda xabar
bermoqda.
“Ikkalasi
oʻrtasidagi telefon qoʻngʻiroqlari tez-tez baqir-chaqirlarga aylanmoqda. Bayden
ishonchli odamlariga isroillik hamkasbi oʻt ochishni toʻxtatishni istamayotganini
aytgan, shuningdek, Netanyaxu oʻz siyosiy kelajagini saqlab qolish uchun mojaroni soʻngsiz
davom ettirish va noyabrdagi saylovlarda Trampga yordamlashishga harakat
qilayotganini taʻʻkidlamoqda”, - deyiladi xabarda.
Qayd
etilishicha, Netanyaxu va uning hukumati bir necha oydan buyon Gʻazoda XAMASga qarshi
urushni qanday olib borish boʻyicha Amerikaning tavsiyalariga eʻʻtibor bermay qoʻygan.
Bayden va uning yordamchilari Isroilning Gʻazodagi harbiy maqsadlarini
kengaytirayotganidan bir necha bor hafsalasi pir boʻlgan – bu Falastin tinch
aholisi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi, asirlikdagi isroilliklarni ozod
qilish boʻyicha kelishuv kelajagini xavf ostiga qoʻyishi taʻʻkidlanmoqda.
Bayden
tanqidchilarining fikricha, oʻtgan oy Livandagi Hizbulloh aʻʻzolariga tegishli
peyjerlarning Isroil tomonidan halokatli portlatishi AQShning mintaqadagi taʻʻsiri
kuchsizlashib borayotganining soʻnggi belgisi boʻldi. Chunki Netanyaxu dastlab AQSh
rasmiylariga Hizbullohga qarshi kurashni toʻxtatib turishini aytgan, biroq peyjerlar
bilan bogʻliq hodisa oshkor boʻlishi bilan oʻt ochishni toʻxtatish taklifini qatʻʻiyan rad
etgan. Ertasi kuni esa, bosh vazir BMTda qizgʻin nutq soʻzlaganidan bir necha
daqiqa oʻtib, Isroil Bayrutga raketa hujumi uyushtirdi, natijada Hizbulloh
etakchisi Hasan Nasrulloh halok boʻldi va Hizbullohni quyushqondan chiqardi.