Isroil mudofaa vaziri: Gʻazoda sulh tuzilgan taqdirda ham Hizbulloh bilan urush davom etadi
Isroil mudofaa Yoav Galant Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishilgan taqdirda ham Livandagi Hizbulloh harakati bilan toʻqnashuvlar davom etishini maʻʻlum qildi.
Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishilgan
taqdirda ham Livandagi
Hizbulloh harakati bilan toʻqnashuvlar davom etadi. Bu haqda Isroil mudofaa
vaziri Yoav Galant
maʻʻlum qildi.
“Isroil Gʻazoga hujumlarini toʻxtatsa ham, shimolda Hizbullohga
hujum qilishni toʻxtatmaydi. Agar Hizbulloh janubda (Gʻazoda) urush tugashi bilan
(urush) shimolda tugaydi, deb hisoblasa, adashadi”, — dedi Mudofaa vazirligi
rahbari Yedioth Ahronot nashri
eʻʻlon qilgan videomurojaatda.
"Men shuni aniq aytamanki, shimoliy qismda aholi xavfsiz
yashashi mumkin boʻlgan vaziyat yuzaga kelmaguncha, bu erdagi hujumlar
toʻxtamaydi", - deya qoʻshimcha qildi u.
2023 yil 8 oktyabrdan beri chegarada Hizbulloh harakati va
Isroil armiyasi qoʻshinlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar davom etmoqda. Isroil
armiyasidagi yoʻqotishlar 10 kishini, Hizbullohdan esa 177 kishini tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, davom etayotgan toʻqnashuvlar natijasida
Livandan 30 nafar,
Isroildan esa olti
nafar tinch aholi halok boʻlgan.