19.02.2024 09:44

Netanʻyaxu Ramazon oyida Al-Aqsoga kirishni cheklashni rejalashtirmoqda

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanʻyaxu milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning Ramazon oyida musulmonlarning Al-Aqsa masjidiga kirishini cheklash boʻyicha tavsiyalarini qabul qildi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanʻyaxu milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning Ramazon oyida musulmonlarning Al-Aqsa masjidiga kirishini cheklash boʻyicha tavsiyalarini qabul qildi. Bu haqda Isroilning 13-kanal telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, bosh vazir Shin Bet (Shabak) ichki xavfsizlik agentligining bu qaror falastinliklar va Isroil politsiyasi oʻrtasida toʻqnashuvlarga sabab boʻlishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga eʻʻtibor bermagan.

Yaqin kunlarda bu borada yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

7 oktyabrʻ kuni Isroilning Gʻazo sektoriga agressiyasi boshlanganidan beri Isroil xavfsizlik kuchlari oʻn minglab namozxonlarning Al-Aqso masjidiga kirishini taqiqlab kelmoqda.

Mavzuga aloqador