05.02.2024 15:31

Isroil vaziri: Bayden maʻʻmuriyati Isroilning urush harakatlariga zarar etkazmoqda

Isroilning oʻta oʻngchi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyatini Isroilning harbiy harakatlariga zarar etkazayotganlikda aybladi. U bu yilgi saylovlarda Donalʻd Tramp gʻalaba qozonsa, AQSh Isroilga HAMASni yoʻq qilish uchun koʻproq erkinlik berishini bildirdi.

AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati Isroilning harbiy harakatlariga zarar etkazmoqda, deya maʻʻlum qildi Isroilning oʻta oʻngchi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir The Wall Street Journal (WSJ) nashriga bergan intervʻyusida.

Agar bu yilgi saylovlarda AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Tramp yana prezident boʻlsa, “Isroilga HAMASni yoʻq qilish uchun koʻproq erkinlik beradi”, deydi vazir.

“Bayden Isroilni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash oʻrniga, HAMAS qoʻliga oʻtayotgan Gʻazoga yoqilgʻi va gumanitar yordam joʻnatish bilan band. Agar Tramp hokimiyatda boʻlganida, AQShning pozitsiyasi butunlay boshqacha boʻlardi”, — dedi Isroil vazirligi rahbari.

Bir vaqtning oʻzida, Isroil siyosiy doiralari Ben-Gvirning AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyatini tanqid qilgan bayonotlaridan norozi.

“Bizda hatto eng katta va eng muhim ittifoqdoshimiz bilan kelishmovchiliklar boʻlishi mumkin, ammo ularni OAVdagi masʻʻuliyatsiz bayonotlar orqali emas, balki tegishli forumlarda hal qilish kerak”, deb yozdi Isroil harbiy vazirlar mahkamasi aʻʻzosi Benni Gants X ijtimoiy tarmogʻida.

Gants Ben-Gvirning bayonotlari hozirgi vaziyatda Isroilning strategik munosabatlari, milliy xavfsizligi va harbiy saʻʻy-harakatlariga zarar etkazishini aytdi.

Ben-Gvir ichki xavfsizlik masalalarini hal qilish oʻrniga Isroilning xalqaro munosabatlariga katta zarar etkazdi, dedi u.

Ben-Gvirning WSJ  nashriga bergan intervʻyusi Isroilning xalqaro obroʻsi, harbiy harakatlari va xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri zarar etkazdi, dedi Isroil muxolifati etakchisi Yair Lapid. Ben-Gvir tashqi siyosat haqida hech narsani tushunmasligi ayon boʻldi, deb yozdi u X ijtimoiy tarmogʻida. U, shuningdek, bosh vazir Benʻyamin Netanyaxu oʻz hukumatidagi ekstremistlar ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olishga qodir emasligini taʻʻkidladi.

31 yanvarʻ kuni parlament yigʻilishida soʻzga chiqqan Ben-Gvir hukumat Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va asirlar almashish boʻyicha HAMAS bilan kelishuvga erishganiga yana bir bor rozi emasligini aytgandi.

AQShni bu borada Isroilga bosim oʻtkazgani uchun tanqid qilgan vazir "Isroil banan davlati emas", dedi.

“Amerikaliklar Isroilni ogohlantirmasdan boshqara boshladilarmi? Bunday holda, biz rasman Isroil hukumati qarorlarni qabul qilayotgandek daʻʻvo qilishimiz mumkin, ammo bu bizning yutqazganimizni anglatadi. Balki soʻl tomon ham shuni xohlayotgandir. Balki ular Baydenning bizni boshqarishini xohlashadi”, dedi vazir.

Mavzuga aloqador