Исроил инсон ҳуқуқлари ташкилоти: Исроил ҲАМАСга эмас, Фаластиннинг тинч аҳолисига қарши курашмоқда
Isroilning B'Tselem inson huquqlari tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobotda aytilishicha, Isroil blokada ostidagi Gʻazo sektorida HAMASga emas, balki falastinlik tinch aholiga qarshi kurashmoqda.
Qayd
etilishicha, Isroil qoʻshini, 2 dekabrʻ kuni Gʻazo shahrining Ash-Shujaie mahallasiga
uyushtirilgan hujumda Hamas aʻʻzosi Visam Ferhatni nishonga olganini daʻʻvo qilgan,
biroq oʻsha hujumda, "Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, turar joy sifatida
ishlatilgan oʻnlab binolar vayron qilingan, oʻnlab odamlar halok boʻlgan va yuzlab
insonlar hamon vayronalar ostida qolmoqda". "Ushbu natijalarga nazar
tashlansa, mazkur hujumning huquqqa zid ekaniga hech qanday shubha yoʻq",
deyiladi hisobotda.
Har
qanday hujum harbiy foydadan koʻra tinch aholi orasida qurbonlarni keltirib
chiqaradigan boʻlsa, qonuniyligini yoʻqotishiga eʻʻtibor qaratilgan hisobotda
Isroilning tinch aholiga qarshi jinoyatlarni oqlash uchun ikkita daʻʻvo ilgari
surgani, lekin ikkalasining ham asossiz ekani qayd etildi.
Hisobotda
Isroilning "tinch aholini himoya qilish uchun qoʻlidan kelganicha harakat
qilgani, lekin HAMAS tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalangani va tinch
aholining oʻlimi uchun HAMAS masʻʻul ekanini daʻʻvo qilgani" eslatildi. “Bu
iddao, Isroilning hujumlarida natijalar qanchalik dahshatli boʻlsa ham, hech qanday
chegarani tan olmasligini koʻrsatadi”, deyiladi hisobotda.
Isroilning
ikkinchi daʻʻvosi shundaki, u bombalagan joylarda yashovchi tinch aholini oʻsha joylarni
tark etib, xavfsiz hududlarga ketishlari haqida ogohlantirgan va shuning uchun
"u erda hech kim qolmagani taxmin qilinadi”. Hisobotda bu daʻʻvo ham rad
etilib, eng avvalo hudud aholisining aksariyati janubga bora olmagani sababli oʻz
uylarini tark etolmayotgani taʻʻkidlanadi. Bundan tashqari, aholi uylarini tashlab
ketgan taqdirda ham, hudud keng qamrovli bombardimon qilinishi mumkin degani
emasligi qayd etilgan. “Chunki hududda aholining yoʻqligi oʻz isbotini topmaguncha,
tinch aholi nishon ostida qolaveradi”, deyiladi hisobotda.
Isroil Bosh
vaziri Benyamin Netanyahuning birinchi kundan boshlab "qasos qattiq
boʻladi" deya tahdid qilganini eslatgan xabarda, Gʻazo sektoriga qaratilgan
hujumlar siyosatida Netanyahu va boshqa Isroil rasmiylari tomonidan qilingan qasos
soʻzlari yaqqol koʻzga tashlanayotgani aytiladi.
Ushbu
siyosat doirasida Gʻazo sektoriga tashlangan yuzlab tonna bombalar natijasida 15
mingdan ortiq odam, jumladan, 6 mingdan ortiq bola va 4 mingga yaqin ayol halok
boʻlganligi eslatib oʻtilgan hisobotda: "Baʻʻzi mahallalar , jumladan, koʻp
qavatli uylar butunlay vayron boʻlgan, koʻplab koʻchalar xarobaga aylangan.Hali ham
vayronalar ostidan olib chiqib boʻlmaydigan odamlar koʻp”, deyiladi.
Hisobotda
Isroil hujumlari natijasida Gʻazo sektorida taxminan 1,8 million kishining
koʻchirilgani va bu odamlarning gʻayriinsoniy sharoitlarda, oziq-ovqat, ichimlik va
dori-darmonlardan mahrum boʻlgani, Isroilning hujumlardan oldin tinch aholini
ogohlantirgani, ammo bularning tinch aholi oʻzini himoya qilish vositalariga ega
emasligi taʻʻkidlanadi.
Xabarda
Isroilning faqat Gʻazodagi harbiy nishonlarni urganini daʻʻvo qilgani, lekin urush
boshlangan kundan beri tinch aholiga tegishli minglab uylarni vayron qilgani
eslatib, ayni paytda Gʻazo sektorining janubida toʻplangan xalqning boradigan
joyi yoʻqligi qayd etildi.
Xabarda
“Isroil HAMASga emas, Falastin tinch aholiga qarshi kurashmoqda” deyiladi.
Shuningdek,
hisobotda Isroilning davom etayotgan hujumlari natijasida yana minglab tinch
aholining hayotini yoʻqotishi mumkinligidan ogohlantirilib, Isroilni ushbu siyosatdan
voz kechishga chaqiriladi, Gʻazoda yana koʻp odamni oʻldirish orqali insoniy
falokatning chuqurlashishiga olib kelishi aytiladi.
Isroilda
7 oktyabrʻ kuni sodir boʻlgan hujumlarda 1200 nafar isroillik, jumladan 310 dan
ortiq askar halok boʻlgani, 5132 kishi tan jarohati olgani eʻʻlon qilindi. Isroil
armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, Gʻazo sektoriga quruqlikdan uyushtirilgan hujumlarda
83 nafar, Livan chegarasida esa 6 nafar isroillik askar halok boʻlgan.
Gʻazodagi
hukumat Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok boʻlgan
falastinliklar soni esa 16 248 nafarga etgani, ularning 7 112 nafari bola, 4 885 nafari ayollar ekanini
maʻʻlum qildi.
Bundan tashqari, ishgʻol
ostidagi Gʻarbiy Sohil va Quddusda 7 oktyabrdan beri Isroil kuchlari va yahudiy
koʻchmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 263 nafar falastinlik hayotdan koʻz
yumdi.