14.01.2025 09:30

Isroil hukumati Gʻazoda tinchlik oʻrnatish shartlarini qabul qilgani aytilmoqda



Isroil hukumati Gʻazoda tinchlik oʻrnatish boʻyicha sulh taklifini qabul qilgani aytilmoqda. Uch bosqichli sulh loyihasida asirlar almashish, Isroil qoʻshinlarining Gʻazoni toʻliq tark etishi va boshqalar oʻrin olgan. Barcha shartlar


Isroil hukumati Gʻazoda tinchlik oʻrnatish boʻyicha sulh taklifini qabul qilgani aytilmoqda. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, falastinlik mahbuslar isroillik mahbuslar soniga mutanosib ravishda ozod qilinadi.

- Falastinlik mahbuslar ozod qilinadi, lekin Gʻarbiy Sohilga qaytishlariga ruxsat berilmaydi.

- 7 oktyabrʻ voqealarida qatnashgan mahbuslar ozod etilmaydi.

- Isroil Gʻazo shimolidagi bir million tinch aholiga uylariga qaytishga ruxsat berishga rozi boʻldi.

- HAMAS garovga olish kelishuvining birinchi bosqichi sifatida shahid Yahyo Sinvarning jasadini topshirishni talab qilmoqda.

- Isroil HAMASdan 2014 yilda asirga olingan isroillik askar Hadar Goldinning jasadini topshirishni talab qilmoqda.

Shuningdek, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi loyihasi barcha moddalar:

BIRINChI BOShQICh (42 kun):

• Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro harbiy harakatlarni vaqtincha toʻxtatish, Isroil qoʻshinlarini turar-joylardan sharqqa tomon chegara boʻylab belgilangan hududlarga (Nittsarim oʻqi va Quvayt maydoni, shu jumladan Gʻazo vodiysi) olib chiqib ketish.

• Gʻazo sektorida harbiy va razvedka havo harakatlarini vaqtincha toʻxtatib turish (har kuni 10 soat, mahbuslar va qamoqqa olinganlar ozod qilingan kunlarda 12 soat).

• Koʻchirilganlarning oʻz uylariga qaytishi.

•7-kun: Isroil kuchlari Salohiddin koʻchasidan sharqqa butunlay chekinib, bu hududdagi harbiy inshootlarni olib tashlaydi;  koʻchirilganlarning oʻz uylariga qurolsiz qaytishi va Gʻazo sektorida erkin harakatning boshlanishi.  Qolaversa, birinchi kundan boshlab insonparvarlik yordamlari hech qanday toʻsiqsiz etkazilishi.

•22-kun: Isroil kuchlarini Salohiddin koʻchasi sharqidagi markaziy hududlardan (ayniqsa Nittsarim oʻqi va Quvayt maydoni) chegaraga yaqin hududlarga olib chiqish, harbiy inshootlarni toʻliq olib tashlash va koʻchirilganlarni uylariga qaytarishni davom ettirish.

•HAMAS 33 nafar isroillik garovga olinganlarni, jumladan ayollar, bolalar, qariyalar va yaradorlar/kasallarni ozod qiladi. Buning evaziga Isroil maʻʻlum miqdordagi falastinlik mahbuslarni ozod qiladi.


•1-kun: HAMAS 3 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qiladi.

•7-kun: HAMAS yana 4 nafar garovga olinganlarni ozod qiladi.

•Har 7 kunda bir: yana 3 nafar garovga olinganlar ozod qilinadi (ayollar va bolalarga ustunlik beriladi)

• Falastinlik mahbuslar bir xil jinoyatlari uchun hibsga olinmaydi.

•16-kun: Tomonlar ikkinchi bosqich shartlari boʻyicha muzokaralarni boshlaydilar.

•BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordamini koʻrsatishda davom etadi.

• Infratuzilma obʻʻektlarini (elektr, suv, kanalizatsiya, aloqa va yoʻllar) rekonstruktsiya qilish boshlanadi.

• Uy-joyidan ayrilganlarga 60 000 ta vaqtinchalik boshpana (konteyner) va 200 000 ta chodir ajratiladi.

• Isroil askarlari qoʻyib yuborilgach, koʻproq yaradorlarga davolanish uchun Rafah chegara punktidan oʻtishga ruxsat beriladi.

• Urush paytida vayron boʻlgan inshootlarni qayta tiklash va jabrlanganlarga tovon puli toʻlash boʻyicha xalqaro nazorat oʻrnatiladi.

Bu jarayonlarning barchasi ikkinchi bosqichda davom etadi.

IKKINChI BOShQICh (42 kun):

• Doimiy otashkesim va oʻzaro asir almashish;  Isroilning Gʻazo sektoridan toʻliq chiqib ketishi.

UChINChI BOSQICh (42 kun):

• Tomonlar oʻrtasida jasadlar va qoldiqlar almashish.

• Gʻazoni qayta tiklash boʻyicha 3-5 yillik rejani amalga oshirish.

• Chegara darvozalarini ochib, odamlar va tovarlarning harakatlanishiga ruxsat berish.

Mavzuga aloqador