07.05.2025 08:15
97

Isroil hukumati Gʻazoda quruqlikdagi operatsiyani kengaytirishni tasdiqladi



Isroil hukumati HAMASga qarshi quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish rejasini maъqulladi. Unga koʻra, Gʻazoning tinch aholisini anklav janubiga koʻchirish rejalashtirilmoqda.

Isroil xavfsizlik mahkamasi Gʻazo sektorida HAMAS guruhiga qarshi quruqlikdagi operatsiyani sezilarli darajada kengaytirish rejasini maъqulladi, deb yozmoqda The Times of Israel. Shu bilan birga, mamlakat harbiy rahbariyati hukumatni bu u erda garovga olinganlarni xavf ostiga qoʻyishi mumkinligidan ogohlantirgan.

«Gideon aravalari» nomini olgan reja «Gʻazoni zabt etish va hududni egallashni» oʻz ichiga oladi. Isroil Mudofaa kuchlari (TsAXAL) bosh shtab boshligʻi Eyal Zamirning soʻzlariga koʻra, harbiy amaliyot Isroil armiyasiga Gʻazodagi hududlarni nazorat qilish, anklavning tinch aholisini janubga koʻchirish, HAMASga hujum qilish va insonparvarlik yordamini nazorat qilish imkonini beradi.

Quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, shiddatli janglar bir necha oy davom etishi kutilmoqda.

Taъkdlanishicha, reja AQSh prezidenti Donalьd Trampning 13−16 may kunlari mintaqaga tashrifidan soʻng amalga oshirilishi kutilmoqda va shu vaqtgacha HAMAS bilan oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishish harakatlari davom etadi, deya xabar bermoqda Isroil OAV.

Xavfsizlik mahkamasi, shuningdek, Gʻazo sektoriga gumanitar yordamni qayta tiklashni maъqulladi, biroq yordamni tarqatish mexanizmi oʻzgartiriladi. Xalqaro tashkilotlar va xususiy xavfsizlik pudratchilari oziq-ovqat qutilarini toʻgʻridan-toʻgʻri Gʻazodagi oilalarga tarqatadi, ommaviy saqlash va tarqatish bekor boʻladi.

Isroil oʻzgarishlar HAMAS jangchilariga yordamni egallab olishni qiyinlashtirishiga umid qilmoqda. Isroil armiyasi yordamni taqsimlashda bevosita ishtirok etmaydi, ammo askarlar pudratchilar va xalqaro tashkilotlarning tashqi xavfsizligini taъminlaydi.

Ikki oylik sulhdan soʻng TsAXAL 18 mart kuni Gʻazo sektorida janglarni qayta boshladi. Keyinroq Isroil harbiylari quruqlikdagi yangi operatsiyani boshladi. Isroil bosh vaziri Benьyamin Netanьyahu avvalroq HAMAS toʻliq magʻlubiyatga uchramaguncha urush olib borishini bir necha bor aytib oʻtgan.

HAMAS 2023 yil 7 oktyabrda oʻgʻirlab ketilgan 58 nafar isroillikni garovda ushlab turishda davom etmoqda. Ulardan 23 nafari tirik ekani taxmin qilinmoqda

Mavzuga aloqador