03.02.2024 12:45

BMT: Gʻazo 2022 yilgi YaIMni 2092 yilgacha tiklashi mumkin

BMT agentligi Gʻazo oʻz yalpi ichki mahsulotini hatto jangovar harakatlar toʻxtab, oxirgi 0,4 foizlik oʻsish surʻʻatiga qaytganidan keyin ham 2092 yilgacha tiklashi mumkinligini maʻʻlum qildi.

Gʻazo oʻz yalpi ichki mahsulotini hatto jangovar harakatlar toʻxtab, oxirgi 0,4 foizlik oʻsish surʻʻatiga qaytganidan keyin ham 2092 yilga kelibgina 2022 yilgi YaIM darajasiga etishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot Konferentsiyasi (YuNKTAD) hisobotida bu haqda soʻz boradi.

Gʻazo misli koʻrilmagan darajada vayronagarchilikni boshdan kechirmoqda, uni qayta tiklash uchun oʻnlab yillar va milliardlab dollar kerak boʻladi”, ‑ deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Isroil Gʻazo sektorida 2008, 2012, 2014, 2021, 2022, 2023 yil may va 2023 yil oktyabrʻ oylaridan hozirga qadar bir necha harbiy amaliyotlar oʻtkazgan. Amaliyotlar natijasida aholining ichki koʻchishi hamda infratuzilma, turar-joy binolari, asosiy va ishlab chiqarish fondlari, shu jumladan qishloq xoʻjaligi obʻʻektlari, er, ekinlar, chorvachilik fermalari, issiqxonalar, mevali daraxtlar, omborlar, qayiqlar, baliqchilik uskunalari, agrobiznes, irrigatsiya kanallari, suv nasos tizimlari, elektr tarmoqlari, internet tarmoqlari, fabrikalar, maʻʻmuriy binolar, turar-joy binolari, taʻʻlim muassasalari va tibbiyot markazlari vayron boʻldi.

YuNKTAD maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yilda Gʻazo iqtisodiyoti 24 foizga qisqarib, 1994 yilgi darajaga tushgan. 2023 yil uchinchi choragi oxiriga kelib Gʻazoda ishsizlik 45,1 foizga etgan. Xalqaro mehnat tashkiloti hisob‑kitoblariga koʻra, urushgacha darajaga solishtirilganida, 61 foiz ish oʻrinlari yoʻqotilgan, bu 182 ming ish oʻrni demakdir. 2023 yil dekabriga kelib esa ishsizlik darajasi 79,3 foizga etgan.

Avvalroq Isroil bosqinchilari butun Gʻazo sektori boʻyicha 144 mingdan 175 mingtagacha binoni vayron qilgani haqida yozgan edik.

Mavzuga aloqador