15.05.2025 10:02
87
isroil* Gʻazoga gumanitar yordam etkazishni qayta tiklashga rozi boʻldi
isroil* hukumati Gʻazo sektoriga gumanitar yordam etkazib berishni bosqichma-bosqich tiklashga rozi boʻldi. Bu yordam AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Gaza Humanitarian Foundation (GHF) orqali amalga oshiriladi. Tashkilot may oyining oxirigacha Gʻazoda ish boshlashni rejalashtirgan.
Reuters axborot agentligiga koʻra, yangi reja isroil* va AQSh hamkorligida ishlab chiqilgan boʻlib, uni amalga oshirishda odatdagidek BMT ishtirokidan emas, balki xususiy kompaniyalardan foydalaniladi. Jarayonga AQShdagi UG Solutions va Safe Reach Solutions kompaniyalari jalb etiladi.
Ayni paytda, BMT va Qizil Xoch kabi yirik gumanitar tashkilotlar bu rejani insonparvarlik tamoyillariga zid deb hisoblab, uni siyosiylashtirilgan va harbiylashtirilgan mexanizm deb atamoqda.
Maъlumot uchun, Gʻazoga 2 martdan beri hech qanday yordam kiritilmayotgan edi. Global ochlikni kuzatuvchi tashkilotlarning ogohlantirishicha, hududda yarim millionga yaqin inson – aholining 4/1 qismi ochlikdan halok boʻlish xavfi ostida.