19.08.2025 09:37
56

isroil Gʻazodagi falastinliklarni qasddan och qoldirmoqda – Amnesty International


Kecha, 18 avgust kuni Amnesty International inson huquqlari tashkiloti isroilni Gʻazoda falastinliklarga nisbatan atayin ochlik siyosatini yuritishda aybladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Qayd etilishicha, bosqinchi isroil 22 oylik urush davomida Gʻazo sektoriga gumanitar yordam kirishini keskin cheklab qoʻygan boʻlsa-da, bu ayblovlarni rad etib kelmoqda. Amnesty International tomonidan eъlon qilingan hisobotda koʻchirilgan falastinliklar va bolalarni davolagan shifokorlarning guvohliklari ham keltirilgan. Unda aytilishicha, sionistlar tizimli ravishda musulmonlarni jismonan yoʻq qilishga qaratilgan kampaniyasini olib boryapti. Bu esa Gʻazoda falastinliklarga qarshi isroil genotsidining bir qismidir.

Tashkilot vakillari soʻnggi haftalarda vaqtinchalik lagerlarda yashayotgan 19 nafar koʻchirilgan falastinlik hamda Gʻazo shahridagi 2 ta kasalxonada ishlayotgan shifokorlar bilan suhbat oʻtkazgan. isroil armiyasi va Tashqi ishlar vazirligi AFP nashrining bu boradagi savollariga hozircha izoh bermayapti. 

Mavzuga aloqador