20.02.2025 09:30

Isroil Gʻazodagi 1109 ta masjid va uchta cherkovni vayron qildi

Falastin Vaqf va Din ishlari vazirligining xabar berishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil 19 yanvargacha boʻlgan davrda Isroil tajovuzlari davomida Gʻazodagi 1109 ta masjid va 3 ta cherkov vayron qilingan. Masjid va diniy muassasalarning kamida 315 nafar xodimi halok boʻlgan, 27 nafari isroillik harbiylar tomonidan hibsga olingan. Vazirlik masjidlar va diniy muassasalarni tiklash uchun 30 dan ortiq davlatdan diniy va xayriya tashkilotlari rahbarlari va boshqa diniy etakchilar kirgan Minoralar koalitsiyasi tuzilganini eъlon qildi.

Falastin Vaqf va Din ishlari vazirligining xabar berishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil 19 yanvargacha boʻlgan davrda Isroil tajovuzlari davomida Gʻazodagi 1109 ta masjid va 3 ta cherkov vayron qilingan.

Maъlumotlarga koʻra, masjid va diniy muassasalarning kamida 315 nafar xodimi halok boʻlgan, 27 nafari isroillik harbiylar tomonidan hibsga olingan.

Qayd etilishicha, Isroil bombardimonidan 275 ta masjid qisman yoki katta zarar koʻrgan, 834 ta masjid esa butunlay vayron boʻlgan. Gʻazodagi uchta cherkov ham havo hujumlari natijasida vayron qilingan.

Bundan tashqari, Gʻazodagi 60 ta qabristondan 40 tasi zarar koʻrgan, 21 tasi butunlay vayron boʻlgan. Isroil askarlari halok boʻlganlarning jasadlarini qazib olib, oʻgʻirlab ketishgan, deya maъlum qildi vazirlik.

Isroil qoʻshinlarining tajovuzi natijasida 643 ta diniy obъekt (diniy muassasalarga tegishli erlar va mulklar) vayron qilingan. Shuningdek, 30 ta yuridik muassasa va 30 ta maъmuriy binolar, jumladan, vazirlikning bosh binosi va Qurъoni karim radiostantsiyasi ham zarar koʻrgan.

Vazirlik masjidlar va diniy muassasalarni tiklash uchun Minoralar koalitsiyasi tuzilganini eъlon qildi. Koalitsiya tarkibiga 30 dan ortiq davlatdan diniy va xayriya tashkilotlari rahbarlari va boshqa diniy etakchilar kiradi.

Mavzuga aloqador