02.01.2025 17:13

Isroil Gʻazo, Livan va Gʻarbiy Sohilda qancha askar yoʻqotdi?



2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil Gʻazo sektori, Livan va Gʻarbiy Sohilda 400 dan ziyod harbiysini yoʻqotgani maʻʻlum qilindi. Bundan tashqari, 2024 yilda 28 isroillik askar oʻz joniga qasd qilgan.

Isroil ishgʻol radiosi mintaqadagi soʻnggi voqealar davomida oʻz harbiylari orasida sezilarli talofatlar borligini maʻʻlum qildi. Eʻʻlon qilingan maʻʻlumotlarga koʻra, 2023 yil 7 oktyabrʻ kuni HAMAS hujumlari natijasida Isroil ishgʻolining 329 nafar zobit va askari halok boʻlgan.

Gʻazo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri bosqinchi harbiylar oʻrtasidagi yoʻqotishlar 390 kishiga etdi. Livandagi janglarda esa 50 nafar xizmatchi halok boʻldi, 27 kishi shimoliy aholi punktlariga uyushtirilgan raketa hujumlari qurboni boʻldi.

Gʻarbiy Sohilda 11 nafar askar yoʻqotilgani qayd etildi, turli hodisalar natijasida yana 84 nafar zobit va askar halok boʻlgan.

Bundan tashqari, 2023 yil 7 oktyabrdan, yaʻʻni Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri 28 isroillik askar oʻz joniga qasd qilgan.

Isroil armiyasi tomonidan eʻʻlon qilingan maʻʻlumotlarga koʻra, Gʻazo sektoriga hujumlar boshlanganidan beri oʻz joniga qasd qilgan harbiylar soni sezilarli darajada oshgan.

2024 yilda oʻz joniga qasd qilgan harbiylar soni 21 nafarni tashkil etdi, bu soʻnggi 13 yildagi eng yuqori koʻrsatkichdir, deya qayd etdi Isroil armiyasi.

2024 yilda oʻz joniga qasd qilgan 21 nafar harbiy xizmatchining 7 nafari oddiy askar, 12 nafari esa zaxiradan chaqirilgan boʻlgan.

Isroil armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yilda 17 nafar harbiy xizmatchi oʻz joniga qasd qilgan. 2023 yil 7 oktyabrdan keyin 7 ta oʻz joniga qasd qilish holati sodir boʻlgan.

2022 yilda 14 ta, 2021 yilda esa 11 ta shunday holat qayd etilgan.

Isroil armiyasi, shuningdek, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon minglab isroillik askar ruhiy kasalliklar tufayli jang maydonini tark etgani haqida xabar berdi.

Mavzuga aloqador