17.12.2024 06:31

Falastin qarshilik harakati tashqi yordamsiz omon qolishi mumkin. Isroil-chi?




Falastin qarshilik harakatining ildizlari 1882 yillarga borib taqaladi. Britaniya imperiyasi, Amerika va boshqa Gʻarb mamlakatlarining harbiy, moliyaviy va diplomatik qoʻllab-quvvatlavi, ayrim arab diktatorlarining ochiqchasiga yoki sukut bilan sionistlarni dastakladi va Falastin muxtoriyaning xoinligi ham bu qarshilik harakatini hech qanday tashqi yordamlarsiz kurash olib borishiga toʻsqinlik qilayotgani yoʻq. Ammo Isroil tashqi yordamsiz Falastin zaminida uzoq qolishi dargumon...

Isroil soʻnggi yutuqlaridan xursand boʻlayotganiga qaramay, uning falastinlik qurbonlari Gʻazoda genotsid uyushtirayotgan yahudiylar ustunligi rejimi butunlay yoʻq qilinmaguncha kurashni davom ettiradi.

Soʻnggi ikki oy ichida isroilliklar va ularning amerikalik xoʻjayinlari Falastin qarshiligini bir martada va batamom yoʻq qilish maqsadida Gʻazoni vayron qilish kampaniyasini kuchaytirishdi.

2023 yil 7 oktyabridan buyon oʻz maqsadlariga erisha olmagan Qoʻshma Shtatlar va Isroil Falastin qarshiligi boʻyicha ittifoqdoshlarni unga harbiy yordam koʻrsatishda ayblamoqda.

Ular tashqi yordamsiz Falastin qarshiligi zaiflashib, oʻz faoliyatini toʻxtatadi, degan ishonchga asoslanib, bu ittifoqchilarga hujum qila boshladi.

Aslida esa 1948 yilda tashkil topgan Isroilning oʻzi Gʻarbning keng koʻlamli va doimiy moliyaviy, harbiy va diplomatik yordamisiz iqtisodiy va harbiy jihatdan omon qola olmasdi.

Darhaqiqat, Isroil bugungi kunda bunday katta miqdordagi tashqi yordam va himoyasiz yashay olmaydi, ularsiz kelgindilar (Falastin zaminin egallab olgan bosqinchi yahudiylar) koloniyasi bir necha oy ichida qulashi aniq.

Bu haqiqat soʻnggi bir yil ichida ayniqsa yaqqol koʻzga tashlandi. Harbiy derjava sifatida tilga olinadigan Isroilning qoʻlidan tinch aholini genotsid qilishdan boshqasi kelmasligi maʻʻlum boʻldi.

Oʻz maqsadlariga erishish uchun Isroil AQSh va Evropa Ittifoqining katta darajadagi harbiy va razvedka yordamiga tayanadi. Ularning koʻmagi bilan Isroil Livan qarshiligini zaiflashtirishga muvaffaq boʻldi. Biroq bu ham, garchi orada 100 martadan koʻproq buzgan boʻlsa-da, Livan bilan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi bilan yakunladi, buning ustiga Eron bilan munosabatlar boshi berk koʻchaga kirib qoldi.

Ayni paytda, Isroil AQSh va Evropa Ittifoqining toʻliq qoʻllab-quvvatlovi ostida Gʻazo shimolida falastinliklarni qirgʻin qilish va ularni ommaviy ochlikdan oʻldirish, shuningdek, isroillik koʻchmanchilar pogromlari, harbiy reydlar va Gʻarbiy Sohil shaharlariga bostirib kirishni kuchaytirdi.

Shuningdek, bosib olingan Sharqiy Quddusda falastinliklarga nisbatan repressiyalar kuchaydi, yahudiy maktablarida falastinliklarga qarshi irqchilik joriy qilindi va Falastin oʻquv dasturi taqiqlandi hamda yahudiy koʻchmanchilar foydasiga falastinliklarning uy va korxonalarini tortib olish holatlari koʻpaydi.

AQSh va Isroilning soʻnggi strategiyasi isroilliklar oʻtgan oktyabrʻ oyidan beri boshdan kechirgan yirik harbiy magʻlubiyatlar xotirasini oʻchirishga qaratilgan.

Eng muhimi, qarshilikning davom etayotgan harbiy tahdidlari oldida yahudiy koʻchmanchilar mustamlakasini mustahkamlash va Isroil irodasini nafaqat Falastin xalqiga, balki butun arab dunyosiga yuklashni maqsad qilgan.

Falastin qarshiligi

AQSh Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish buyrugʻini qabul qilgan barcha arab diktatorlarini (Saddam Husayn, Muammar Qaddafiy, Muhammad Mursiy) hokimiyatdan agʻdardi, ayni paytda, ularning irodasiga toʻliq boʻysungan boshqa barcha arab diktatorlarini (Marokashdan tortib, Iordaniya va Falastin maʻʻmuriyatigacha) qoʻllab-quvvatlab, Falastin qarshiligini toʻliq bostirish mumkinligiga ishonchlari komil.

Bu zehniyat imperialistik AQSh va genotsidchi Isroil davlatining barqaror mafkuraviy eʻʻtiqodiga asoslanadi. Ularga koʻra, Falastin qarshiligi Isroil qirgʻinbaroti, falastinliklarning uy-joy va er-mulklarini tortib olish va aparteid rejimiga asoslanmagan, balki Falastin qarshiligi tashqi tomondan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Ularning Falastin qarshilik tarixidan saboq chiqarishni istamasligi ajablanarli. Zero Falastin qarshiliklari 1880 yillarda, yahudiy mustamlakachiligining boshida va tashqi yordamsiz boshlangani irqchi amerikaliklar va isroillik strateglar uchun ahamiyatsiz koʻrinadi.

Darhaqiqat, 1882 yildan boshlangan va 1890 yillargacha davom etgan falastinlik dehqonlar qarshiligi barcha yahudiy koloniyalariga shu darajada qaratilgan ediki, mahalliy falastinlik dehqonlar bilan “qarama-qarshilik qilmagan yahudiy koloniyasi deyarli qolmagandi”.

Oʻshandan beri Falastin qarshiliklari aksariyat hollarda tashqi yordamsiz davom etib kelmoqda, aksincha, sionistik zolimlarga Evropa mamlakatlari va AQSh koʻmagi miqdor va sifat jihatdan sezilarli darajada oshdi.

Xorijdan kelgan bir necha koʻngillilarni ihsobga olmaganda, Falastin xalqining oʻzi 1920-1930 yillarda Britaniya imperiyasi va sionist toʻdalarga qarshi butun kuchi bilan qarshi kurashdi.

Falastinliklarga boshpana berish orqali koʻmak koʻrsatishga uringan va Britaniyaning Transiordaniyadagi manfaatlariga qarshi harakat qilgan transiordaniyalik dehqon inqilobchilar 1930 yillarning ikkinchi yarmida Transiordaniya amiri Abdulla va uning Britaniya nazoratidagi armiyasi tomonidan tezda bostirildi, bunda ularni bombardimon qilish uchun britan harbiy havo kuchlarining 10 ta samolyotidan foydalanildi.

1948 yil 15 mayda bir qancha arab armiyasi birgalikda sinoistlarning 1947 yil 30 noyabrda boshlangan va 400 mingga yaqin falastinliklarni oʻz erlaridan quvib chiqarishini toʻxtatish va Falastinning 45 foiz hududini himoya qilishga qaratilgan qoʻllab-quvvatlovi magʻlubiyat bilan yakun topdi. BMTning 1947 yil 29 noyabrdagi boʻlish rejasi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Yomon jihozlangan arab qoʻshinlari ancha yaxshi oʻqitilgan va jihozlangan sionistik toʻdalardan koʻp boʻlishiga qaramasdan, sionistlarning yana 360 ming falastinlikni quvib chiqarishiga toʻsqinlik qila olmadi va ular himoya qilishi kerak boʻlgan 45 foiz Falastin hududining yarmidan koʻpini boy berdi.

Oʻsha vaqtga kelib oʻzini qirol deb eʻʻlon qilgan Abdulloh oʻzi uchun saqlab qola olgan barcha erlarni sionistlar bilan oldindan ishlab chiqqan rejaga muvofiq Iordaniyaga qoʻshib oldi. Keyinchalik u 1948 yil sentyabrida Gʻazoda tashkil etilgan butun Falastin hukumatini tan olishdan bosh tortdi.

Imperiya derjavalari Isroil tomonidan Falastinning 78 foizi yshchlga kiritilganini tan oldi (Gʻazo ikki marta isroilliklar tomonidan egallab olindi: 1956 yilda va yana 1967 yilda Isroil uni qoʻlga kiritgunga qadar Misr himoyasida edi.)

Britaniya va Amerika yahudiy koʻngilli uchuvchilari va xalqaro sionist yahudiy ekipajlari Falastin erlarini sionistlar tomonidan bosib olinishiga yordam berish uchun butun Gʻarb dunyosidan Falastinga kelishdi. Bu koʻngillilarning koʻpchiligi Isroilga kelishda davom etib, yahudiylarning ustunligini va falastinliklarga aparteidni oʻrnatishga yordam berishda davom etmoqda.

Legitimlikning yoʻqotilishi

2023 yil 7 oktyabrdan beri AQSh va Evropa Ittifoqi Isroilning falastinliklarga qarshi genotsidida toʻlaqonli qonuniy sheriklariga aylanishdi. Barcha arab rejimlari, shu jumladan xoin Falastin muxtoriyati ham ochiqchasiga yoki sukut saqlash bilan ushbu genotsidni qoʻllab-quvvatlamoqda. Livandagi "Hizbulloh", Yamandagi husiylar, Iroq va Suriyadagi ayrim qarshilik guruhlari bundan mustasno.

Isroilning falastinlik, arab va gʻarblik tarafdorlari Isroilning qarshilik kuchlari va Eron tomonidan uyushtiriladigan hujumlarini harbiy jihatdan himoya qilinishida muhim rolʻ oʻynamoqda, Falastin muxtoriyati esa Gʻarbiy Sohilda falastinlik qarshilik kuchlariga qarshi repressiya uyushtirmoqda.

Ayni paytda, Falastin tarafdorlari Isroil tarafdorlari va homiylariga davom etayotgan genotsidga yordamni qiyinlashtirishga qaratilgan kampaniya boshladi.

BMT, Xalqaro Sud yoki Xalqaro Jinoiy Sud boʻlsin, AQSh oʻz ixtiyoridagi barcha tahdid va sanktsiyalarni ishga solgan holda zararsizlantirishga harakat qilayotganiga qaramasdan, Isroilga qarshi bir qancha rezolyutsiyalar, qarorlar va ayblovlarni qabul qildi.

Bunga Isroilga kiritilgan sarmoyalarni qaytarib olishga majburlash maqsadida davlatlar va kompaniyalarga bosim oʻtkazayotgan boykot, investitsiyalarni qoralash va sanktsiyalar joriy etish borasidagi, jumladan, Norvegiyada qayd etilgan muvaffaqiyatlarni ham qoʻshish lozim.

Bundan tashqari, Gʻarb jamoatchiligi, shu jumladan evropalik va amerikalik yahudiylarning katta qismi Isroilni qoʻllab-quvvatlashni kamaytirayotgani ham genotsidni amalga oshirayotgan kelgindilar koloniyasi legitimligini sustlashtirmoqda.

Yaqinlashib kelayotgan qulash

Oxirgi 15 oylik natijalar boʻyicha xulosa chiqarishga erta. Isroil genotsidni hisobga olmagan, harbiy, iqtisodiy va diplomatik jihatdan kuchsiz va kundan-kunga barcha frontlarda zaiflashib borayotganini toʻxtata olmayapti, degan tushuncha mavjud. 

Biroq AQSh va Evropa Ittifoqi davlatlarining muhim harbiy va moliyaviy yordami tufayli isroilliklar Falastin qarshiliklarini yoʻq qilish uchun barcha vahshiy usullardan foydalanishda davom etishlari mumkin.

Ammo amerikalik va isroillik strateglarni hayratda qoldiradigan narsa shundaki, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon hech qanday tashqi manbadan harbiy yoki moliyaviy yordam olmagan Falastin qarshiliklari Gʻazo, Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda qirgʻinbarotchi isroilliklarga qarshilik koʻrsatishda davom etmoqda. 

Soʻnggi yutuqlari tufayli Isroilda shodlik va bayram boʻlishiga qaramay, falastinlik qurbonlari uning yahudiylar ustunligining genotsid rejimi butunlay yoʻq qilinmaguncha kurashni davom ettiradi.

Bu voqealarni inobatga olsak, Falastinning qarshilik kuchlaridan koʻra genotsidni amalga oshirayotgan Isroil tashqi yordamning susayishi va xalqaro izolyatsiya tufayli omon qololmasligi ehtimoli katta.

Buni amerikalik va isroillik strateglar yaxshi bilishadi, garchi uning realizmini tan olishdan bosh tortsalar ham.

Ularning bugungi kunda arab mintaqasida qoʻzgʻatayotgan qonli dahshatlari genotsidga asoslangan koʻchmanchi-mustamlakachi tuzumning muqarrar qulashini faqat kechiktiradi, lekin uning mavjudligini saqlab qola olmaydi.

Middle East Eye materiallar asosida tayyorlandi.