13.01.2024 10:44

Isroil matbuoti: Gʻazoga hujumlar boshlanganidan beri 4 ming harbiy xizmatchi nogiron boʻldi

Isroil armiyasi 2023 yil 7 oktyabrda ishgʻol ostidagi Gʻazo sektoriga uyushtirgan ommaviy hujumlari davomida 4 ming harbiy xizmatchi nogiron boʻlib qoldi. Bu haqda Isroilning Valla nashri maʻʻlum qildi.

Hisob-kitoblarga koʻra, bu raqam 30 mingga etishi mumkin, deya qayd etadi nashr.

Nashrning yozishicha, HAMASning 7 oktyabrdagi hujumi Isroilni shunday bir urushga jalb qildiki, mamlakat hech qachon bunchalik koʻp qurbonlar bilan yuzma-yuz boʻlmagan, lekin eng muhimi, juda koʻp jiddiy jarohatlanish holatlari mavjud.

Xabar qilinishicha, Isroil armiyasi yarador askarlar haqidagi maʻʻlumotni odamlarning ruhiy kayfiyati tushib ketishidan qoʻrqib, jamoatchilikdan yashirmoqda.

“Men tashkilotda 30 yildan beri ishlayman, hech qachon bunchalik koʻp ogʻir yaralanganlarni uchratmaganman. “Juda koʻp jarohatlanganlar bor, qoʻl-oyogʻi amputatsiya qilingan (kesilgan), koʻr yoki shol boʻlib qolgan”, - deydi Isroil armiyasi nogironlar tashkiloti raisi Idan Kaliman.

 

Mavzuga aloqador