28.12.2023 20:28

Isroil-Falastin urushining yana bir kuni: eng muhim yangiliklar dayjesti

Gʻazodagi Sogʻliqni saqlash vazirligi Isroil hujumlarida halok boʻlganlar soni oxirgi 24 soatda 210 nafarga ortib, 21 320 nafarga, yaradorlar soni esa 55 603 nafarga etganini maʻʻlum qildi. - Anadolu


Gʻazo sektori Sogʻliqni saqlash vazirligi payshanba kuni Isroilning Gʻazoning Bayt-Lahiya, Xon Yunis va Al-Magʻozi tumanlariga bergan zarbalari natijasida 50 nafar falastinlik halok boʻlganini maʻʻlum qildi. – Al JAzeera


Isroilning ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda uyushtirgan reydlarida bir falastinlik halok boʻldi, 14 nafari yaralandi va 7 oktyabrdan buyon hujum qurbonlari soni 312, yil boshidan buyon esa 520 nafarga etdi. - WAFA


Falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi (UNRWA) Isroil bosimi ostida Gʻazoning markaziy qismlaridan majburan uylarini tashlab ketayotgan 150 mingdan ziyod falastinlik, jumladan, bolalar, emizikli ayollar va nogironlarning boradigan joyi yoʻqligini maʻʻlum qildi. - UNRWA


Gʻazo hukumati sektor shimolidagi Bayt Lahiya shahrida jurnalistlar Muhammad Hayreddin va Ahmed Mahir Hayreddin Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlgani, 7 oktyabrdan buyon hayotdan koʻz yumgan jurnalistlar soni 105 nafarga etganini bildirdi. - WAFA


Isroilning Ir Amim nodavlat notijorat tashkiloti maʻʻlumotlariga koʻra, Tel Aviv 25 dekabrʻ kuni falastinliklardan tortib olingan uchta hudud – Quddusdagi Skopus togʻi, shahar shimolidagi Frantsuz tepaligi va Sharqiy Talpiot yahudiy aholi punktida jami 1839 ta uy qurish boʻyicha tender eʻʻlon qilgan. - Anadolu


Isroil kuchlari, jumladan, armiya, politsiya va ichki razvedka xizmati vakillari Gʻarbiy Sohildagi bir qator valyuta ayirboshlash shoxobchalari va kompaniyalariga reydlar chogʻida falastinliklarning 10 mln shekel (taxminan 2,7 mln dollar) pulini musodara qildi. - Anadolu


Isroil ichki razvedka xizmati Shin Bet (Shabak) 7 oktyabrdan oldinoq Hamas Isroilga qarshi keng koʻlamli hujumni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrayotgani haqidagi “aniq maʻʻlumot” olgan, biroq bu maʻʻlumotlar yuqori martabali amaldorlarga etkazilmagan. - Channel 12 telekanali


Hindistonning Falastindagi vakolatxonasi tomonidan eʻʻlon qilingan bayonotga koʻra, Hindiston BMTning Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligi UNRWA hisob raqamiga 2023-2024 yillar uchun yillik 5 mln dollarlik hissasi doirasida 2,5 mln dollarlik ikkinchi transhini ajratdi. Al Jazeera


AQShning Los-Anjeles shahrida bir guruh Falastin tarafdorlari Jon Kennedi (JFK) va Los-Anjeles (LAX) xalqaro aeroportlariga kirish yoʻllarini toʻsib qoʻydi, 26 kishi tinchlikni buzganlik va transport vositalari harakatiga toʻsqinlik qilganlikda ayblanib hibsga olingan. - Independent

Mavzuga aloqador