Gʻazo sektorida 7 oktyabrdan beri Isroil hujumlarida kamida 21 507 kishi halok boʻldi, 55 915 kishi yaralandi. Hamasning Isroilga hujumi qurbonlari soni esa 1139 kishini tashkil etadi. – Al Jazeera


Isroilning Gʻazo sektorining blokada qilingan qismlariga bir kechada uyushtirgan hujumlarida kamida 45 falastinlik halok boʻldi, oʻnlab odamlar yaralandi. - WAFA


7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari natijasida Gʻazo sektoridagi BMT boshpanalaridan panoh topgan 308 falastinlik halok boʻldi, yana 1095 kishi yaralandi. "Gʻazo sektorining hech bir joyi xavfsiz emas". - UNRWA


Isroil armiyasining ishogʻol ostidagi Gʻazo sektorining markaziy qismlari va anklav janubidagi Xon Yunus mintaqasiga uyushtirgan hujumlari tufayli soʻnggi kunlarda 100 mingga yaqin falastinlik uylarini tashlab, Misr bilan chegaradosh Rafah hududiga ketishga majbur boʻldi. - Anadolu


Isroil hujumlari natijasida Gʻazo sektoridagi 325 ta madaniy meros va arxeologik obidadan 200 dan ortigʻi, jumladan, masjidlar, cherkovlar, maktablar, muzeylar va qadimiy arxeologik uylar hujumga uchradi va vayron qilindi. – Al Jazeera


Isroil ishgʻolchi kuchlari Quddus shahridagi Al-Aqso masjidiga juma namozini oʻqish uchun kelgan falastinliklarga qarshi rezina qoplamali metall oʻqlar, koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻllanilishi natijasida oʻnlab odamlar jabrlandi. - WAFA


Ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroil kuchlari va koʻchmanchilar 7 oktyabrdan buyon 304 nafar falastinlikni, jumladan 79 bolani oʻldirdi. 2023 yil boshidan beri jami 504 kishi halok boʻldi. Al Jazeera


Isroil harbiylari ishgʻol ostidagi Gʻazo sektori shimolidan Isroil armiyasi tomonidan belgilangan yoʻnalish boʻyicha ortga qaytayotgan insonparvarlik yordami konvoyiga qarata oʻt ochdi. Natijada bir transport vositasi zararlandi, jabrlanganlar yoʻq. - UNRWA


Gʻazodagi Cogʻliqni saqlash vazirligi 20 nafar bemor, jumladan, boshidan jarohatlangan ikki oylik goʻdakka Misrda shoshilinch davolanish uchun qamaldagi anklav tashqarisiga chiqishga ruxsat berilganini maʻʻlum qildi. Al JAzeera


Isroilning Gʻazo sektori yaqinida joylashgan Sderot shahrining evakuatsiya qilingan aholisi yanvarʻ oyi oxirigacha mehmonxonalar yoki boshqa joylashuv joylarida qolishi belgilandi. - Al Jazeera

Mavzuga aloqador