Isroil-Falastin urushining 81-kuni: eng muhim yangiliklar dayjesti
Gʻazodagi Sogʻliqni saqlash vazirligi eʻʻlon qilgan bayonotga koʻra, Isroil hujumlarida halok boʻlgan falastinliklar soni oxirgi 24 soatda 250 nafarga ortib, jami 20 674 nafarga etdi. Anadolu
Isroil harbiylari yakshanba oqshomida Gʻazo sektori markazidagi Al-Magʻozi qochqinlar lagerini oʻqqa tutishi oqibatida kamida 3 ta uyda yashayotgan eng kamida 78 kishi halok boʻldi. – BBC
Gʻazoda halok boʻlgan BMT xodimlari sonining 142 nafarga etgani bildirilgan bayonotda, ularning koʻpchiligi oilalari bilan birga hayotdan koʻz yumgan. - UNRWA
7 oktyabrdan beri ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroil kuchlari tomonidan qoʻlga olingan falastinliklar soni 35 kishining qoʻlga olinishi bilan 4730 nafarga etdi. - Anadolu
Isroil tomonidan hamma joyda qidirilayotgan va “Hamasning miyasi” sifatida tanilgan Yahyo Sinvar 7 oktyabrʻ xurujlaridan buyon birinchi marta ommaga murojaat bilan chiqib, Hamasning Isroilga qarshi qiyin va misli koʻrilmagan urush olib borayotgani va Isroil katta yoʻqotishlarga duch kelayotganini taʻʻkidladi. – The Times of Israel
Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoridagi janglarda 20 va 30 yoshli ikki askar oʻlganini tasdiqlab, 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi safidan ayrilgan harbiylar soni jami 489 nafarga etgani, ularning 156 nafari quruqlikdagi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. - Haaretz
Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Xagari Isroil askarlari Gʻazo sektori shimolidagi Jibaliya hududida tunnelda oʻz qoʻshinlari tomonidan bombardimon qilinishi oqibatida halok boʻlgan 5 nafar isroillik mahbusning jasadi topilganini maʻʻlum qildi. - Anadolu
AQSh 7 oktyabrdan buyon Isroilga 230 samolyot va 20 kema toʻla qurol-yarogʻ, jumladan, artilleriya snaryadlari, zirhli transport vositalari va askarlar uchun asosiy urush jihozlari yuborgan. - Anadolu
Tel-Aviv Hamas asirlarini ozod qilishi evaziga Gʻazoga hujumlarini toʻxtatishi hamda Hamas etakchilariga u erdan xavfsiz tarzda Qatarga borishiga ruxsat berishini bildirgan. - KAN telekanali.
Gʻazodan Rossiyaga evakuatsiya qilingan 150 nafar falastinlikning ilk 45 nafari, jumladan, 7 nafar bolaga RF fuqarolik pasporti topshirildi. – Medi-Mig