Isroil-Falastin urushi: kunning eng muhim yangiliklari dayjesti
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi Isroilning 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida halok boʻlgan falastinlik soni soʻnggi 24 soat ichida 241 nafarga ortib, 20 915 nafarga, 382 kishi jarohatlanib, yaralanganlar 54 918 nafarga etganini maʻʻlum qildi. - Al Jazeera
7 oktyabrdan beri Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroil kuchlari va yahudiy koʻchmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda halok boʻlgan falastinliklar soni 305 nafarga etdi. - Anadolu
Isroil harbiy havo kuchlari sutka davomida Gʻazo sektoridagi 100 dan ziyod obʻʻektlarga zarbalar berdi. - Anadolu
15 dekabrʻ kuni Gʻazo sektorida isroillik askarlar tomonidan "tasodifan otib tashlangan" 3 nafar isroillik mahbusning oʻldirilishi bilan bogʻliq dastlabki tergovda askarlarga "jang qila oladigan barcha erkaklarni oʻldirish buyurilgani" maʻʻlum boʻldi. – Haber Global
Isroil Moliya vazirligi 7 oktyabrdan beri Gʻarbiy Sohildan falastinlik ishchilarning Isroilga kirishiga yoʻl qoʻyilmayotgani sababli har oy mamlakat iqtisodiyoti 3 mlrd shekel (830 mln dollar) zarar koʻrilayotganini maʻʻlum qildi. – Indipendent
Isroil Gʻazoda amalga oshirayotgan qatliomi uchun, AQSh yordamini hisobga olmaganda, shu vaqtgacha byudjetdan 18 mlrd dollar sarflagani, bu – mamlakatning yillik mudofaa xarajatlariga teng ekani maʻʻlum qilindi. – TRT.
Yaponiya hukumati falastinliklarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini va Yaqin Sharqdagi ikki davlat echimini qoʻllab-quvvatlashi hamda Falastinga siyosiy va moliyaviy koʻmak koʻrsatishda davom etishini bildirdi. – Son Dakika
Tel-Aviv Amerikaning Intel korporatsiyasiga kelgusi yilda Isroil janubida mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi 25 mlrd dollarlik yangi zavod qurishi uchun 3,2 mlrd dollar ajratishga rozi boʻldi. – Al Jazeera
Los-Anjelesdagi sinagog yaqin atrofda aksilisroil namoyishlari oʻtkazilishi munosabati bilan shanbalik ibodatni ilk bor boshqa joyda oʻtkazishga qaror qildi. - Haaretz
Isroilning Hindiston poytaxti Nʻyu-Deli shahridagi elchixonasi oldida kechqurun sodir etilgan portlashda hech kim jabrlanmadi, shuningdek, elchixona yaqinidan elchi nomiga tahdidli maktub topildi. – Ynet
Livandan tankka qarshi raketa uchirilishi natijasida toʻqqiz nafar Isroil harbiysi jarohatlandi, TsAXAL ulardan birining vafot etgani hamda Isroil “Hizbulloh” pozitsiyalariga qarshi javob zarbalarini berganini maʻʻlum qildi. – Haaretz