18.03.2024 07:24

Isroil delegatsiyasi oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar olib borish uchun Qatarga boradi

Isroil delegatsiyasi Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini muhokama qilish uchun 18 mart kuni Qatar poytaxti Dohaga boradi. Delegatsiyaga Mossad razvedka xizmati rahbari Devid Barnea boshchilik qiladi.

Isroil delegatsiyasi Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini muhokama qilish uchun 18 mart kuni Qatar poytaxti Dohaga boradi. Bu haqda Isroilning KAN davlat telekanali xabar berdi.

Isroil harbiy vazirlar mahkamasining kechagi yigʻilishida tegishli qaror qabul qilindi.

Xabarda aytilishicha, delegatsiyaga Mossad razvedka xizmati rahbari Devid Barnea boshchilik qiladi.

Bir kun avval Falastinning HAMAS harakati Qatar va Misr vositachilariga Isroil bilan oʻt ochishni toʻxtatish va asirlarni almashish boʻyicha kelishuv taklifini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Isroil bosh vaziri idorasi HAMAS taklifida keltirilgan talablarni «mantiqsiz» deb atadi.

Mavzuga aloqador