02.04.2024 07:25

Isroil Damashqdagi Eron konsulligiga havo hujumi uyushtirdi

Isroil harbiy samolyotlari Suriya poytaxtidagi Eron konsulligi binosiga raketa zarbasini berdi. Natijada besh kishi – diplomatlar va harbiy maslahatchilar, jumladan, Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi generali Muhammad Rizo Zohidiy halok boʻldi. Bino toʻliq vayron boʻlgan.

Isroil Eronning Suriya poytaxti Damashq shahridagi konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi, natijada 5 kishi halok boʻldi.

Eronning rasmiy IRNA xabar agentligi xabariga koʻra, Eronning Damashqdagi elchisi Akbariy Isroil F-35 qiruvchi samolyotlari yordamida Damashqdagi Eron konsulligi binosiga 6 ta raketa hujumi uyushtirganini maʻʻlum qilgan.

Tesnim agentligining xabar berishicha, hujum oqibatida Eronning Damashqdagi elchixonasi majmuasidagi konsullik binosi zarar koʻrgan. Mahalliy manbalarga koʻra, 5 kishi, jumladan Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi generali Muhammad Rizo Zohidiy halok boʻldi.

Hujumda diplomatlar va harbiy maslahatchilar ham boʻlgan kamida 5 kishi halok boʻlganini aytgan Akbariy vayronalar tozalangandan soʻng qurbonlarning aniq soni va ismlarining maʻʻlum qilinishini aytdi.

Elchining qoʻshimcha qilishicha, Eron hujumga “tez, toʻgʻridan-toʻgʻri va qatʻʻiy” javob beradi.

Boshqa tomondan, Suriyaning SANA xabar agentligi harbiy manbalarga tayanib, Damashqning Mezze mahallasidagi bir binoning Isroil havo kuchlari hujumiga uchraganini daʻʻvo qilmoqda.

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir nechta raketalarni urib tushirdi”, — deyiladi agentlik bayonotida.

Mavzuga aloqador