Isroil armiyasi Suriya poytaxti Damashq shahri janubidagi eronlik harbiylarga tegishli boʻlgan fermaga zarba berdi, deya xabar qilmoqda mahallik OAV.

Ushbu hujum oqibatida kamida 6 nafar eronlik zobit halok boʻlgani aytilmoqda.

Suriya axborot agentligi jarohatlanganlar orasida tinch aholi vakillarining ham borligini maʻʻlum qildi.

Reuters agentligi esa Eronning Suriyadagi elchisiga tayanib, Isroil Damashq yaqinidagi Eron maslahat markazini bombardimon qilganini inkor etgani, eronliklar halok boʻlmaganini maʻʻlum qildi.

Xabar toʻldirilmoqda

Mavzuga aloqador