16.01.2024 13:36

Eron Erbildagi "Mossad" qarorgohiga raketa hujumi uyushtirilganini maʻʻlum qildi

Eron Iroq va Suriyada bir qancha nishonlar, jumladan, Erbildagi “Isroil josuslik markazi”ga zarba berilganini maʻʻlum qildi.

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IRK) Iroq Kurd mintaqaviy maʻʻmuriyatining maʻʻmuriy markazi Erbil shahridagi Isroil tashqi razvedka xizmati “Mossad” qarorgohiga ballistik raketa hujumlari uyushtirganini maʻʻlum qildi.

“Eron terrorchi guruhlar va josuslarning mintaqadagi qarorgohlariga ballistik raketa hujumlari doirasida Erbildagi Isroil tashqi razvedka agentligi “Mossad” qarorgohiga ham ballistik raketalar bilan zarba berdi”, — deyiladi xabarda.

Taʻʻkidlanishicha, hujum Isroil tomonidan IRK kuchlari qoʻmondonlari va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan isyonchi guruhlar qoʻmondonlarini oʻldirishiga javob boʻlgan.

Shuningdek, IRK tomonidan Suriyadagi IShIID terror tashkilotiga tegishli obʻʻektlarga ham ballistik raketalar bilan hujum qilingan.

Qayd etilishicha, hujumlar Eronning Kirman shahrida IShID tomonidan xudkush-terrorchi ishtirokida uyushtirilgan terakt, Rask shahrida xavfsizlik kuchlariga qilingan hujum va IRK qoʻmondonlaridan biri Sayid Razi Musavining Suriyada oʻldirilishiga javob boʻlgan.

Avvalroq Erbilning bir qator hududlariga raketa va dron hujumlari uyushtirilgani haqida xabar berilgan edi. Mahalliy OAV portlashlar Erbildagi AQSh bosh konsulligi, Erbil xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya bazasi hududlarida, shuningdek, shaharning boshqa joylarida sodir boʻlganini qayd etdi.

Maʻʻlum qilinishicha, AQShning Elbildagi konsulxonasi toʻliq vayron boʻlgan.

Hujumlar natijasida 4 kishi halok boʻldi, 6 kishi jarohatlandi. Jumladan, kurd ishbilarmoni, “Mossad” bilan yaqin aloqada boʻlgan Peshrav Dzeyi IRK hujumi natijasida halok boʻlgan. OAV maʻʻlumotlariga koʻra, uning uyiga 4 ta qanotli raketa tushgan.

Mavzuga aloqador