26.05.2025 11:00
257
Ispaniyalik uch musulmon otda Hajga etib bordi
Ispaniyaning uch fuqarosi – Abdulqodir Harqassi, Abdulloh Ernandes va Toriq Rodriges andalusiyaliklar 500 yil avval bosib oʻtgan qadimiy yoʻlni 7 oy davomida bosib oʻtib, Makkaga etib borishdi. Ular 7 ming km masofa hamda 11 davlatni kesib oʻtishgan.
Safar davomida ziyoratchilar oʻzlarini Bosniya va Gertsegovinada iliq kutib olishganini va aholisi koʻp yordam berganini taъkidlashgan. Ammo Serbiyada ular koʻp qiyinchiliklarga duch kelgan. Shunga qaramay ispaniyalik musulmonlar Allohning yordami bilan manzilga etib borishdi.
“Allohga ishonsang va maqsadingga chin dildan intilsang, albatta unga erishasan, alhamdulillah", degan safar tashabbuskori Harqassi.
https://www.newarab.com/features/reviving-historic-andalusian-route-hajj-horseback