10.05.2024 16:29
Evropa Ittifoqining qator davlatlari Falastinni tan olish arafasida
Ispaniya, Malta, Irlandiya va Sloveniya hukumatlari Falastin davlatini tan olish niyatida, dedi Evropa diplomatiyasi rahbari Borrelʻ.
Bu haqda bugun, 10 may kuni Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrelʻ Ispaniyaning RNE radiostantsiyasi efirida maʻʻlum qildi.
Unga koʻra, Ispaniya 21 may kuni Falastinni tan oladi, Malta, Irlandiya va Sloveniya buni tez orada tan olishni rejalashtirmoqda.
Diplomat, shuningdek, kelajakda Belʻgiya tomonidan ham shunday qadam boʻlishini istisno etmadi.
Falastin davlatining chegaralari haqidagi savolga javob bergan Borrelʻ, ular BMTning tegishli qarorlari bilan allaqachon belgilab qoʻyilganiga eʻʻtibor qaratdi.
“Biz ularni oʻzimiz yaratmoqchi emasmiz. Bu masala allaqachon BMT rezolyutsiyalarida aniq koʻrsatilgan”, - dedi Evropa diplomatiyasi rahbari.