22.04.2025 09:07
62

Iordaniyada ayollar oʻrtasida xalqaro Qurъon musobaqasi oʻtkazilmoqda

Iordaniyada 40 mamlakatdan borgan ayollar oʻrtasidagi 20-xalqaro Qurъon musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. 


Aytish mumkinki, 1993 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqa dunyodagi eng qadimiy va nufuzli Qurъon musobaqalaridan biri hisoblanadi. Shu vaqtgacha musobaqalarda 45 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan.


Joriy yilgi musobaqaning ochilish marosimida Iordaniya Vaqflar, islomiy ishlar va muqaddas maskanlar vaziri Muhammad al-Xaloyila ham qatnashdi. U malika Roniya Abdulloh nomidan nutq soʻzlab, bunday musobaqalar Iordaniyaning Islom diniga eъtiborining ifodasi ekanini taъkidlagan.



Iordaniya Vaqflar vazirligining ayollar ishlari boʻyicha direktori Lamis al-Xozim esa ayollar oʻrtasidagi bunday musobaqalar 20 yildan buyon muntazam oʻtkazilib kelinayotganini aytib oʻtgan. 


Maъlumot uchun, ayni paytda ushbu Qurъon musobaqasida 40 mamlakatdan 44 nafar ishtirokchi  qatnashyapti.

Mavzuga aloqador