11.04.2025 15:56
146
Turk politsiyachilari masjidni toʻldirib Qurъon oʻqishdi
Turkiyada Politsiya Tashkilotining 180 yilligi oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan Istanbuldagi Ayub Sulton jomeъ masjidida Mavludi sharif marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Ayub Sulton tuman hokimligi maъlum qildi.
Marosimda shahidlar va gʻoziylar ruhiga bagʻishlab, Qurъon tilovat qilindi.
Xabarda aytilishicha, tadbirda tuman hokimi Arslon Yurt va tuman politsiya boʻlim boshligʻi Serdar Oʻrs, shuningdek, shaharning turli tumanlaridan kelgan politsiya xodimlari ishtirok etgan.
Marosim soʻngida mehmonlarga luqma (shirinlik) tarqatildi.
Masjidni toʻldirib namoz oʻqiyotgan turk politsiyachilari tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Tarmoq foydalanuvchilaridan biri: “Qadriyatlari va diniga sodiq havfsizlik xodimlarining millat va vatan oldidagi tuygʻulari haqiqiy va samimiy boʻladi. Ana shular hurriyat va istiqlol himoyachilari boʻla oladi”, deya izoh qoldirgan.