10.02.2025 09:02
292
Ilon Mask «Amerika Ovozi» va «Ozodlik» radiolarini yopishni taklif qildi
Taniqli tadbirkor Ilon Mask AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan «Amerika Ovozi» va «Ozodlik/Ozod Evropa» radiolarini yopishni taklif qildi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqda post qoldirib, uchta asosiy sababni keltirdi:
1. Evropa allaqachon ozod.
2. Ularni hech kim eshitmaydi.
3. Radikal soʻl qanot targʻibotchilari AQSh soliq toʻlovchilarining bir milliard dollarini behuda sarflamoqda.
«Amerika Ovozi» 48 tilda, «Ozodlik» esa 23 tilda efirga uzatiladi. Ular AQSh Global media agentligi tomonidan boshqariladi va yillik byudjeti taxminan bir milliard dollarni tashkil etadi.
«Amerika Ovozi» ilk bor 1942 yilda fashistlar propagandasiga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan, «Ozodlik» esa 1951 yilda sovetlar mafkurasiga muqobil axborot manbasi sifatida yaratilgan.
Maskning taklifi ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab boʻldi. Ayrimlar uning fikrini qoʻllab-quvvatlasa, boshqalar bu radiolar hali ham muhim axborot manbai ekanini taъkidlamoqda.