18.07.2025 11:29
37

Ikki haftadan kamroq vaqt ichida toʻrt nafar isroil askari oʻz joniga qasd qildi



Ikki haftadan kamroq vaqt ichida Gʻazodagi qirgʻinda ishtirok etgan toʻrt nafar isroil askari oʻz joniga qasd qildi. Ulardan ikki nafari muddatli harbiy xizmatni oʻtagan, ikki nafari yaqinda boʻshatilgan harbiy xizmatchilar edi.

Statistikaga nazar tashlasak, urush boshlanganidan beri 43 nafar askar oʻz joniga qasd qilgan. 2024 yilning oʻzida 21 ta oʻz joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan – bu 2011 yildan beri eng yuqori koʻrsatkichdir.

Oʻz joniga qasd qilish holatlarining koʻpayishi HAMASning isroil askarlariga hujumlarini kuchaytirgani bilan bogʻliq. Oxirgi ikki hafta ichida Falastin pistirmalarida kamida 12 askar halok boʻldi. Urush boshlanganidan beri jami 893 nafar isroillik askar halok boʻlgan, yana 19 ming nafari yaralangan. Norasmiy manbalarda bu raqamlar yanada koʻproqni tashkil etmoqda.

Mavzuga aloqador