Livandagi Hizbulloh harakati Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklari tomon oʻnlab “Katyusha” raketalari otilganini xabar qildi. Oʻz navbatida, Isroil armiyasi uchirilgan raketalarning koʻp qismini tutib olgani va hech qanday talofat yoʻqligini maʻʻlum qilgan

Livandagi Hizbulloh harakati Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklari tomon oʻnlab raketalar otilganini xabar qildi.

Hizbulloh aʻʻzolari Isroil armiyasining Golandagi “Kila kazarmasiga oʻnlab «Katyusha» raketalarini otdi. Livan harakati bayonotida aytilishicha, Isroil armiyasi kazarmalari “Gʻazo sektoridagi qatʻʻiy Falastin xalqi hamda ularning jasur va olijanob qarshiliklarini qoʻllab-quvvatlash uchun hujumga uchradi”.

Oʻz navbatida Isroil armiyasi Livandan Golan tepaliklari tomon oʻnlab raketalar uchirilganini eʻʻlon qildi. Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari otilgan raketalarning aksariyat qismini tutib oldi va qurbonlar yoʻq.

Chegarada Hizbulloh harakati va Isroil armiyasi askarlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar 8 oktyabrdan beri davom etmoqda.

Mavzuga aloqador