Hindiston saylovlarida bosh vazir Modi qayta saylandi
Hindistondagi saylovlar 4 iyunʻ kuni Bharata Janata (BJ) partiyasining etakchisi Narendra Modining uchinchi muddatda qayta saylanishi bilan yakunlandi.
Modi 2014 yildan beri hokimiyatda. Uni hind oʻng qanotlari qoʻllab quvvatlaydi. Qoʻllab-quvvatlash orqali 10 yil mobaynida u mamlakatni modernlashtirish va Hindistonni global kuch sifatida koʻtarishga urindi.
Biroq, tanqidchilar uning oʻn yillik hukmronligini Hindistonni noliberal demokratiyaga va avtoritarizmga aylantirib, hindlarni yuqori inflyatsiya va qashshoqlikka olib kelganini urgʻulashadi.
Uning hukmronligini siyosiy muxoliflarga nisbatan shafqatsiz repressiyalar, hind millatchi guruhlarining musulmonlar va mazlum tabaqalarga qarshi zoʻravonligi va Islomofobiyasining kuchaygani bilan xarakterlash mumkin.
Uning hukmronligi davrida Jammu va Kashmirga maxsus vakolatlar beruvchi “370 qonun” bekor qilindi. Shuningdek, 2019 yilda musulmon vatandoshlariga qarshi qonun qabul qilindi.
Oʻtgan davrdan xulosa qilish mumkinki, uning qayta saylanishi mamlakatda kichik guruhlar, xossatan musulmonlar uchun kutilgan erkinliklarni olib kelmaydi.
Millatchilik kuchayadi. Uning gʻoyasining asosi boʻlgan sekulyarizm ortadi. Bu esa musulmonlarga nisbatan tazyiqlar yanada avj olishi mumkin, degani.
Ammo saylovchilar PJ partiyasiga yaxshi talablar qoʻygan. Bu Modini muxolif kuchlar va musulmonlar talablariga yon bosishga majbur qilishi mumkin.