HAMAS uzoq tanaffusdan soʻng Tel-Avivni yana nishonga oldi
20 mart kuni HAMASning qurolli qanoti – “Al-Qassam” brigadalari Tel-Avivga raketa hujumini amalga oshirganini maъlum qildi.
Ushbu hujum soʻnggi ikki kun ichida Gʻazo sektoridagi 700 dan ortiq falastinlik tinch aholi vakillarining shahid boʻlishiga sabab boʻlgan isroilning harbiy operatsiyalariga javoban uyushtirilgani aytildi.
Isroil armiyasi esa koʻp oʻtmay, bir raketaning yoʻq qilinganini, yana ikki raketaning ochiq hududga qulaganini maъlum qildi.
Bu HAMASning soʻnggi bir necha oylik tanaffusdan keyingi ilk hujumi boʻlib, oxirgi marta yanvarda Isroilga raketa hujumi uyushtirilgan edi. Ushbu voqealar Gʻazo sektoridagi urush davom etayotganining yana bir dalili sifatida baholanmoqda.
Avvalroq, “RIA novosti” nashri yamanlik xusiylar isroilning Ben-Gurion aeroportiga "Falastin-2" gipertovushli ballistik raketasi bilan muvaffaqiyatli hujum uyushtirganini xabar qilgan edi.