02.07.2025 15:25
70

HAMAS Trampning taklifiga rozi, faqat...



HAMAS oʻt ochishni toʻxtatishga tayyor ekanini bildirdi, faqat Gʻazo sektoridagi urush toʻliq tugatilishi kerak. 

The Guardian'ning yozishicha, AQSh prezidenti Donalьd Tramp 1 iyulь kuni isroil 60 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga rozi boʻlganini maъlum qilgan. U HAMASni ham ubu shartlarga rozi boʻlishga chaqirgandi. 

Shundan soʻng, qarshilik harakati vakili Tohir al-Nunu “HAMAS kelishuvga erishishga tayyor”ligini bildirgan. Falastin harakati delegatsiyasi 2 iyunь kuni Qohirada misrlik va qatarlik vositachilar bilan uchrashib, taklifni muhokama qilishi kutilmoqda.

Maъlumot uchun, isroilning Gʻazoga hujumida jami 56 ming 500 dan ortiq odam halok boʻlgan, 134 mingga yaqini jarohatlangan.

Mavzuga aloqador