19.05.2025 12:39
173
HAMAS qoʻmondoni Muhammad Sinvar oʻldirildimi?
Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunis shahrida joylashgan tunneldan HAMAS etakchisi Muhammad Sinvarning jasadi topilgani aytilmoqda.
Al Arabiya'ning yozishicha, u bosqinchi isroil avizarbasi oqibatida bir necha kun oldin oʻldirilgan.
Xon Yunisdagi Evropa shifoxonasi hududidan Sinvardan tashqari uning 10 nafar yordamchisining ham jasadi topilgan.
Ayni paytda isroil tomoni Muhammad Sinvarning oʻlimini tasdiqlamayapti. Sionist mudofaa vaziri Israel Kats tashqi ishlar va mudofaa qoʻmitasiga hozircha Sinvarning oʻlimi haqida hech qanday rasmiy maъlumot yoʻqligi, ammo mavjud belgilarga koʻra u oʻldirilgan boʻlishi mumkinligini bildirgan.