04.09.2025 09:46
145

HAMAS oʻt ochishni toʻxtatishga tayyor, sionistlar esa tuni bilan Gʻazoni bombardimon qildi


Chorshanba kuni bosqinchi isroilning Gʻazo boʻylab olib borgan hujumlari oqibatida kamida 73 nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

HAMAS Gʻazoni boshqarish uchun mustaqil milliy maъmuriyat tuzishga rozi boʻlganini va toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga tayyorligini bildirdi. Kelishuv doirasida barcha isroillik asirlar ozod etilishi aytilmoqda.

Bosqinchi isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu idorasi esa bu bayonotni rad etgan.

"Urush toʻxtashi mumkin, ammo bu faqat yahudiylar belgilagan shart asosida amalga oshishi”ni taъkidlagan.

Bosqinchi isroilning oʻta radikal moliya vaziri Betsalel Smotrich esa deyarli butun Gʻarbiy Sohilni isroilga qoʻshib olish rejasini taqdim etgan.

Maъlumot uchun, bosqinchi isroilning Gʻazoga hujumlari boshlanganidan beri kamida 63 746 falastinlik halok boʻldi va 161 245 kishi yaralangan. 

Mavzuga aloqador