25.01.2025 13:36
523
HAMAS isroillik asiralarni ozod qildi
HAMAS va Isroil oʻrtasidagi kelishuv doirasida asirlarning ikkinchi raundi almashtirildi. Unda Gʻazo sektorida asirga olingan isroillik toʻrt nafar ayol askar ozod etildi. Asirlikdan ozod qilingan ayollarning ismlari Karina Ariev, Daniella Gilboa, Naama Levi va Liri Albagdir.
Karina Ariev (20 yosh): U Nahal Oz bazasida xizmat qilayotgan paytda 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS tomonidan asirga olingan. Uning oʻgʻirlab ketilgani boʻyicha dastlabki tasvirlar HAMAS tomonidan tarqatilgan va ota-onasi tomonidan tasdiqlangan.
Daniella Gilboa (20 yosh): Gilboa ham Nahal Oz bazasida xizmat qilayotgan paytda asirga tushgan. U HAMASning iyulʻ oyida tarqatgan videosida Isroil hukumatidan uni va boshqa asirlarni ozod qilishni soʻragan.
Naama Levi (19 yoshda hibsga olingan): Levi xizmatini endigina boshlagan paytda asirga tushgan. Uning oʻgʻirlab ketilgani videoda qayd etilgan boʻlib, u Hamas askarlari tomonidan mashinaga oʻralgan holda koʻringan.
Liri Albag: U haqida toʻliq maʻʻlumot berilmagan, biroq u ham 2023 yildagi hujum paytida asirga olingan.
Kelishuv shartlariga koʻra, Isroil HAMAS tomonidan asirga olingan har bir ayol uchun 50 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishga rozilik bildirdi. Birinchi bosqichda 200 falastinlik mahbus ozod qilinadi. Qolgan asirlar kelishuvning keyingi bosqichlarida ozod etilishi kutilayapti.
Kelishuvning uchinchi bosqichi Gʻazoni qayta tiklash va uzoq muddatli barqarorlikni taʻʻminlashga qaratilgan. Muzokaralarning ikkinchi raundi 2025 yil 4 fevralda boshlanishi rejalashtirilgan.