04.10.2025 10:28
47
HAMAS garovdagilarni ozod qilishga rozi boʻldi
Falastinning HAMAS harakati barcha tirik isroillik garovdalarni ozod qilishga va AQSh prezidenti Donalьd Trampning rejasiga muvofiq halok boʻlganlarning jasadlarini topshirishga tayyorligini maъlum qildi.
Al Jazeera telekanaliga koʻra, HAMAS buni batafsil muhokama qilish uchun vositachilar orqali darhol muzokaralarni boshlashga tayyorligini bildirgan.
Shu bilan birga, HAMAS siyosiy byurosi rahbari oʻrinbosari Muso Abu Marzuk hozirgi sharoitda garovlarni 72 soat ichida ozod qilish va jasadlarni topshirish imkonsiz ekanligini taъkidlagan.
Taъkidlanishicha, Tramp rejasiga kiritilgan boshqa masalalar anklavning kelajagi va falastinliklarning ajralmas huquqlariga taalluqli. Ushbu mavzular HAMAS ham kiradigan umumfalastin tuzilmasi doirasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Siyosiy byuro rahbari oʻrinbosari harakatning Tramp rejasiga prinsipial jihatdan qoʻshilganini, biroq aniq bandlar muhokama qilinishi kerakligini taъkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, HAMAS qurollarni “boʻlajak Falastin hukumatiga” topshiradi.